add

Sankt-Peterburgda migrantlarsiz ilk kunda taksi narxi 30 foizga oshdi

Bugun 15:252562

8-noyabrdan migrantlarni taksi xizmatidan chetlatish fonida Peterburgda yo‘lkira narxi 30 foizgacha ko‘tarilgan, ayrim yo‘nalishlarda haydovchilar yetishmovchiligi kuzatilgan.

Sankt-Peterburgda migrantlarsiz ilk kunda taksi narxi 30 foizga oshdi

Sankt-Peterburgda 2025 yil 8-noyabrdan boshlab migrantlar uchun taksida ishlash taqiqlanishi amaliy kuchga kirdi. Shu munosabat bilan «Fontanka» nashri shaxsiy tahliliy tekshiruv o‘tkazib, tahririyat joylashgan ko‘chadan shaharning turli tumanlariga taksi xizmatining 7 va 8-noyabr kungi narxlarini solishtirdi.

Tahlillarga ko‘ra, «Ekonom» tarifida narxlar o‘sishi 3,2 foi dan 32,5 foizgacha yetib bordi. Eng katta o‘sish Primorskiy tumanidagi Komendantskiy prospektiga bo‘lgan yo‘nalishda qayd etilgan — 7-noyabrdagi esa 761 rubl o‘rniga 1009 rubl so‘ralgan va farq 32,5 foizni tashkil etgan.

Nevskiy tumanidagi Shelgunova ko‘chasiga yetib borish uchun ham narx 30,7 foizga oshgan — 631 rubldan 825 rublgacha. Novoye Devyatkinodan Shkolnaya ko‘chasiga borish 26,9 foizga qimmatlashgan. Shahar markazidan «Ekspoforum» ko‘rgazma majmuasiga borish 12,5 foizga oshgan.

Sevkabel Port, Yuntolovo, Lomonosov kabi yo‘nalishlarda narxlar 4–8 foiz atrofida oshgan bo‘lsa, Vasilevskiy orolida joylashgan Cosmos mehmonxonasiga safar eng kam farq — 3,23 foizlik o‘sish bilan qayd etildi.

«Yandeks Taksi» ayrim foydalanuvchilarga haydovchilar yetishmasligi tufayli buyurtma qilishda kechikish bo‘lishi mumkinligini bildiruvchi ogohlantirishlarni ham yuborgan. Shaharning ayrim aholi vakillari butunlay taksi chaqirolmaganini xabar qilgan.

Eslatib o‘tamiz, taksi sohasidagi migrantlarning faoliyatini cheklash haqidagi qaror 2025 yil avgust oyida gubernator Aleksandr Beglov tomonidan qabul qilingan. Mazkur qaror patent asosida ishlayotgan xorijliklarning ishga joylashishiga cheklov qo‘yadi. Hukumat buni xizmat xavfsizligini oshirish va noqonuniy mehnat faoliyatiga qarshi chora sifatida ko‘rsatmoqda.

Shahar hokimiyatiga ko‘ra, taqiq amalga kirishi orqali Peterburgda haydovchilar soni 12 foizga kamayadi — taxminan 4 ming odam. Bu raqamlarni «Yandeks Taksi» va shaharning mehnat va bandlik qo‘mitasi ham tasdiqlagan.

Avvalroq 2025 yilning uchinchi choragida 275 mingdan ortiq migrant Rossiyada ishlash ruxsatnomasini olish uchun rus tilidan imtihon topshirgani ma’lum qilingan edi.

Teglar

Mavzuga oid

Sankt-Peterburgda migrantlarsiz ilk kunda taksi narxi 30 foizga oshdi | Vaqt.uz