Shavkat Mirziyoyev Xitoy rahbari Si Jinpingga hamdardlik bildirdi
Mirziyoyev Shansi provinsiyasidagi ko‘mir konida yuz bergan portlash oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani va jiddiy jarohatlangani munosabati bilan XXR raisi Si Jinpingga hamdardlik yo‘lladi.
© Prezident matbuot xizmatiPrezidenti Shavkat Mirziyoyev Shansi provinsiyasidagi ko‘mir konida yuz bergan portlash oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani va jiddiy jarohatlangani munosabati bilan Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Jinpingga hamdardlik yo‘lladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi xabar berdi.
Shuningdek, Mirziyoyev vafot etganlarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat, jarohat olganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.
Ma’lumot uchun, baxtsiz hodisa 22-may kuni soat 19:29 da mamlakat shimolidagi “Lyushenyuy” ko‘mir konida yuz bergan. Gaz portlashi oqibatida kamida 90 kishi halok bo‘lgan. Voqea sodir bo‘lgan vaqtda smenada 247 nafar ishchi bo‘lgan. Xitoy rahbari konda qolayotganlarni qutqarish uchun barcha choralarni ko‘rishga chaqirgan. U hodisani tergov qilishni va aybdorlarni javobgarlikka tortishni talab qilgan.





