Shayxontohur tumani hokimiyati binosi 100 mlrd so‘mdan ko‘proqqa auksionga qo‘yildi

25.02.2026 | 19:061 daqiqa

E’londa hokimiyat qayerga ko‘chib o‘tishi ma’lum qilinmagan. Auksion 26-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Shayxontohur tumani hokimiyati binosi 100 mlrd so‘mdan ko‘proqqa auksionga qo‘yildi

Toshkent shahar Shayxontohur tumaniga tegishli O‘rda maydonida joylashga bino kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Bu haqda “E-auksion” platformasida e’lon qilindi.

Auksion 26-fevral kuni, soat 9:00 da bo‘lib o‘tadi. Lotning boshlang‘ich bahosi 101,7 mlrd so‘m qilib belgilangan. Zakalat puli miqdori esa 3 mlrd so‘m.

Obyekt joylashga yer uchastkasining umumiy maydo 0,46 gektar hisoblanadi. Binolar va inshootlarning egallagan umumiy maydoni esa 7 400 kv metrga yaqin.

Hokimiyat binosini bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan dastlabki to‘lov summasi 35 foizdan kam bo‘lgan holatda sotib olish mumkin. Bunda qolgan summaga Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida yillik foizlar hisoblanadi.

Kimoshdi savdosi g‘olibiga kamida 35 foizlik boshlang‘ich to‘lov amalga oshirilgani sabab, bu aktivni kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yish huquqi ham beriladi.

Auksion g‘olibi uchun tegishli majburiyatlarni bajarish uchun 5 ish kunilik muddat beriladi. Majburiyatlar bajarilmasa, takroriy auksion bo‘lib o‘tadi.

Platformaga qo‘yilgan e’londa Shayxontohur tumani hokimiyati qayerga ko‘chirilishi ma’lum qilinmagan.

Bundan avvalgi sotuvga qo‘yilgan yoki auksionda sotilgan davlat obyektlarini barchasi Yangi Toshkent shahriga ko‘chirilgan edi.

Avvalroq Toshkent markazidagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasiga tegishli bino 242 mlrd so‘mga auksionda sotilgandi. Qo‘mita ham Yangi Toshkentga ko‘chib o‘tmoqda.

Teglar

Mavzuga oid