Surxondaryoda kartoshka ko‘rinishidagi giyohvand moddalar fosh etildi

Bugun 15:461 daqiqa

Afg‘oniston chegarasida Rossiyaga kartoshka niqobi ostida olib ketilayotgan 72 kilogrammdan ortiq gashish moddasi musodara qilindi.

Surxondaryoda kartoshka ko‘rinishidagi giyohvand moddalar fosh etildi

Surxondaryo viloyatida davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari va bojxona idoralari xodimlari hamkorligida yirik giyohvandlik vositalari kontrabandasi fosh etildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, «Termiz-avtomobil yo‘li» o‘tkazish punktiga kirib kelgan, 2001-yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi «MAN» rusumli yuk mashinasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan.

photo_2026-03-23_19-14-25

Tekshiruv jarayonida mashina yukxonasida kartoshka mahsulotlari borligi ma’lum bo‘lgan.

Biroq qishloq xo‘jaligi mahsuloti sinchkovlik bilan tekshirilganda ularning orasiga kartoshka ko‘rinishida yasalgan 222 dona bo‘lakdan iborat 72 kg 300 gr gashish yashirilganligi aniqlanib, narkotik modda protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu katta miqdordagi giyohvandlik vositalari Rossiya Federatsiyasiga olib ketilayotgan bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari boshlangan.

Teglar

Mavzuga oid