Taqiqdagi yerni 9 mln dollarga sotmoqchi bo‘lganlar fosh etildi

23.02.2026 | 12:351 daqiqa

Toshkentda yashovchi, muqaddam sudlangan shaxs Yunusobod tumanidagi tadbirkorlik subyektiga tegishli bo‘lgan, lekin, hozirda taqiqda turgan 2 gektar noturar yer maydonini katta pul evaziga sotmoqchi bo‘lgan.

Taqiqdagi yerni 9 mln dollarga sotmoqchi bo‘lganlar fosh etildi

Toshkent shahrida taqiqdagi yerni sotmoqchi bo‘lgan qo‘lga olindi. Bu haqda DXX axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent shahrida yashovchi, 1953 yilda tug‘ilgan, muqaddam bir necha marotaba sudlangan ayol o‘zining 1982 yilda tug‘ilgan tanishi bilan til biriktirib, Yunusobod tumanidagi tadbirkorlik subyektiga tegishli bo‘lgan, lekin, hozirda taqiqda turgan 2 gektar noturar yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan.

Ular xaridordan mansabdor tanishlari orqali barcha hujjatlarni tayyorlab, turar joy toifasiga o‘tkazib berish evaziga 9 mln AQSH dollari so‘rashgan.

Oldindan 200 ming AQSH dollari olgan vaqtlarida Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid