add

Tesla aksiyadorlari Maskning 1 trln dollarlik rejasiga rozilik berdi

Ilon Maskning ushbu rejasini Tesla aksiyadorlari 75 foizdan ortiq ovoz bilan tasdiqlangani e’lon qilindi.

Tesla aksiyadorlari Maskning 1 trln dollarlik rejasiga rozilik berdi

6 noyabr kuni Tesla rahbari Ilon Maskka deyarli 1 trillion dollarlik mukofot paketini taqdim etish rejasi aksiyadorlar tomonidan 75 foizdan ortiq ovoz bilan tasdiqlandi. Bu haqda «Reuters» axborot agentligi xabar qildi.

Maskning kelgusi o‘n yillik maqsadlari orasida 20 million avtomobil yetkazib berish, 1 million robot-taksini ishga tushirish, 1 million robot sotish va 400 milliard dollargacha asosiy foyda olish bor. Lekin u maosh olishi uchun Tesla aksiyalarining qiymati bir vaqtning o‘zida hozirgi 1,5 trillion dollardan avval 2 trillion dollargacha, so‘ngra esa 8,5 trillion dollargacha ko‘tarilishi kerak.

Shuningdek, aksiyadorlar yig‘ilishida Mask “xAI” sun’iy intellekt startapi uchun investitsiyani maqulladi. Shu bilan birga, kompaniyada direktorlar kengashiga alohida ovoz berish tizimi joriy etildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ilon Maskka deyarli 1 trillion dollarlik mukofot paketini taqdim etishni rad etilsa, u kompaniyani tark etishi mumkinligi haqida xabar bergandik.

Teglar

Mavzuga oid