add

Toshkentda Disneyland va yangi kreativ park barpo etilishi mumkin

Kecha 20:561461 daqiqa

Saida Mirziyoyeva The Walt Disney Company vitse-prezidenti bilan kompaniyaning Markaziy Osiyodagi rasmiy vakolatxonasini aynan O‘zbekistonda ochish masalasini ko‘rib chiqdi.

Toshkentda Disneyland va yangi kreativ park barpo etilishi mumkin

O‘zbekiston tomoni The Walt Disney Company bilan hamkorlikda mamlakatda bolalar uchun o‘zbek tilidagi maxsus telekanal, zamonaviy Cinema Park va mashhur Disneyland tematik bog‘ini barpo etish taklifini ilgari surmoqda. Bu haqda Prezident Adminstratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi.

Uning yozishicha, Toshkentda The Walt Disney Company vitse-prezidenti, Emmi mukofotining 7 karra sohibi Hayma Vashington bilan uchrashuv bo‘lib o‘tgan.

«Maqsadimiz — O‘zbekiston poytaxtini bolalar kontenti ishlab chiqarish bo‘yicha mintaqaviy markazga aylantirish. Gollivud mutaxassislari bilan hamkorlikda animatorlar, rejissyorlar va ssenariynavislarning yangi avlodini tayyorlamoqchimiz. Janob Vashington mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga qiziqish bildirdi hamda barcha tashabbuslarimizni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini aytdi», - deya yozdi u o‘zining Telegram-kanalida. 2

Ta’kidlashicha, O‘zbekistonda «Disney»ning Markaziy Osiyodagi vakolatxonasini ochish va kontenti to‘liq o‘zbek tilidagi telekanal tashkil etishga qiziqish bildirgan.

Muhim loyihalar qatorida xalqaro kompaniyalar uchun imtiyozli sharoitlar yaratiladigan «Cinema Park» kreativ parkini tashkil etish, shuningdek, kelgusida mintaqa turizmi uchun yangi drayverga aylanadigan «Disneyland» tematik bog‘ini barpo etish g‘oyasi ham bor.

Teglar

Mavzuga oid