Toshkentda Ramazon oyida ayrim ko‘chalar bir oyga yopiladi (ro‘yxat)

18.02.2026 | 19:453 daqiqa

Toshkentda taroveh namozi o‘qiladigan masjidlar yaqinidagi ko‘chalarda avtomobillar harakati soat 19:00 dan 00:00 ga qadar cheklanadi.

Toshkentda Ramazon oyida ayrim ko‘chalar bir oyga yopiladi (ro‘yxat) © Foto: Vaqt.uz

Toshkent shahrida Ramazon oyi munosabati bilan 18-fevraldan boshlab taroveh namozi o‘qiladigan masjidlar atrofidagi ayrim ko‘chalar har kuni soat 18:00 dan 00:00 ga qadar transport vositalari harakati uchun yopiladi. Bu haqda Toshkent shahri IIBB xabar qildi.

Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘yicha:

Tepa masjidi — Do‘rmon yo‘li ko‘chasidan Olimlar ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.

Bektemir tumani bo‘yicha:

Alibek masjidi — M.Avezov ko‘chasidan X.Boyqaro ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.

Yashnobod tumani bo‘yicha:

Islomota masjidi — Farg‘ona yo‘li ko‘chasi ikkinchi darajali yo‘ldan Zarkent va Obishir ko‘chalariga qadar harakat cheklanadi.

Ali ibn Abu Tolib masjidi — Cho‘lpon ko‘chasidan Salohiyat ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.

Mirobod tumani bo‘yicha:

Valixo‘ja o‘g‘li Norxo‘ja masjidi — Yangi-Qo‘yliq-Fayziobod ko‘chalari kesishgan chorrahadan 5-tor Fayziobod ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.

Qo‘yliq ota masjidi — TXAY — Qo‘yliq ota ko‘chalari kesishgan chorrahadan Yangi Qo‘yliq tor ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.

Sergeli tumani bo‘yicha:

Ma’ruf ota masjidi — Choshtepa ko‘chasidan 1-tor Choshtepa ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.

No‘g‘ay qo‘rg‘on masjidi — Yangi Sergeli-S.Xo‘janov ko‘chalari kesishmasidan — S.Xo‘janov Mohidil ko‘chalari kesishmasigacha qadar harakat cheklanadi.

Yakkasaroy tumani bo‘yicha:

Usmon bin Ma’zum masjidi — KXAY-Fayzli Toshkent chorrahasidan KXAY-Qushbegi chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.

Yakkasaroy masjidi — Sh.Rustaveli-Yakkasaroy chorrahasidan Yakkasaroy-Bog‘ubo‘ston chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.

Rakat masjidi — J.Shoshiy ko‘chasidan Askiya ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.

Yangihayot tumani bo‘yicha:

Niyozmat ota masjidi — TXAY-Binokor chorrahasidan Pastdarxon mahallasiga kirish qadar harakat cheklanadi.

Shayxontohur tumani bo‘yicha:

Shayx Zayniddin (Ko‘kcha) masjidi — Ko‘kcha Darvoza-Nurafshon chorrahasidan Ko‘kcha Darvoza — Beshqayrag‘och chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.

Kamolon masjidi — Bunyodkor-Kamolon chorrahasidan Kamolon-2-tor Ustazoda chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.

Olmazor tumani bo‘yicha:

Hazrati imom masjidi — Nurafshon-Qorasaroy chorrahasidan Qorasaroy — A.Qodiriy chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.

Islomobod masjidi — KXAY-Sag‘bon chorrahasidan Nurafshon-Sag‘bon chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.

Do‘stjonboy (Sulola) masjidi — Sag‘bon-12-tor Sag‘bon chorrahasidan Keles yo‘li-Noraztepa chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.

Yunusobod tumani bo‘yicha:

Mirza Yusuf masjidi — Bog‘ishamol ko‘chasida Shivli ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.

Uchtepa tumani bo‘yicha:

Abdullox ibn Mas’ud (Katta Qani) masjidi — Katta Qani aylanmasidan Lutfiy-Katta Xirmontepa ko‘chasi chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.

Xazrati Ali masjidi — Nazarbek-Mahorat chorrahasidan Nazarbek-1-tor Zamaxshari ko‘chasigacha qadar harakat cheklanadi.

Chilonzor tumani bo‘yicha:

Novza masjidi — Bunyodkor-Muqumiy ko‘prigi tagidan 2-darajali yo‘l, Bunyodkor-Kamolon ko‘prigiga qadar harakat cheklanadi.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf masjidi — Al-Xorazmiy-Gavhar chorrahasidan So‘galliota ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.

Ubay ibn Ka’f (Bo‘rijar) masjidi — Al-Xorazmiy-Katta Xirmontepa chorrahasidan, Al-Xorazmiy ko‘chasi bo‘ylab, Al-Xorazmiy-Katta Qani chorrahasiga qadar harakat cheklanadi.

Ushbu ko‘chalarda faqatgina maxsus transport vositalarining harakatlanishiga ruxsat etiladi.

Teglar

Mavzuga oid