Logo

Toshkentga ikki yilda 19 mlrd dollar investitsiya kiritiladi

Bugun 11:251 daqiqa

Prezident qarori bilan Toshkentni 2026–2027 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yangi maqsadlar belgilandi. Unga ko‘ra, yalpi hududiy mahsulot va xizmatlar hajmi oshirilib, poytaxtga 19 mlrd dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb qilinadi.

Toshkentga ikki yilda 19 mlrd dollar investitsiya kiritiladi

Prezidentning «Toshkent shahrini 2026–2027 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» gi qarori qabul qilindi. Hujjat Lex.uz portalida e’lon qilindi.

Qaror bilan poytaxtni 2026–2027 yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari va asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari belgilandi.

Unga ko‘ra, 2026 yilda Toshkent shahrida yalpi hududiy mahsulot hajmini 11,7 foizga, sanoat ishlab chiqarishini 8,5 foizga oshirish rejalashtirilgan.

Shuningdek, bozor xizmatlari hajmini 19 foizga, qurilish ishlari hajmini esa 17,3 foizga ko‘paytirish vazifasi qo‘yilgan.

Ikki yilda 19 mlrd dollar investitsiya jalb qilinadi

Qarorga muvofiq, 2026 yilda 9 mlrd dollar, 2027 yil yakuniga qadar esa 10 mlrd dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, tarixiy, madaniy va ko‘ngilochar obyektlarni rivojlantirish orqali Toshkentga tashrif buyuruvchi sayyohlar sonini oshirish rejalashtirilgan.

Xalqaro ekspertlar jalb etiladi

Hujjatga ko‘ra, Toshkent shahrini rivojlantirish strategiyasi, tegishli dasturlar hamda ularni amalga oshirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqish uchun xalqaro konsalting kompaniyalari va xorijiy ekspertlar jalb qilinadi.

Ularning xizmatlari Toshkent shahrini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan, «taklif so‘rovi» asosida moliyalashtiriladi.

Teglar

Mavzuga oid