add

«Toshshahartransxizmat» avtobus shinalari bo‘yicha rasmiy izoh berdi

Bugun 11:552091 daqiqa

Ijtimoiy tarmoqlarda avtobuslar shinalari talabga javob bermasligi haqida videolar tarqalgandan so‘ng, «Toshshahartransxizmat» AJ mazkur holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirib, shinalarni almashtirish ishlari rejali tarzda amalga oshirilayotganini ma’lum qildi.

«Toshshahartransxizmat» avtobus shinalari bo‘yicha rasmiy izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda King Long rusumli avtobuslarning avtoshinalari holati talab darajasida emasligi aks etgan videolar tarqaldi. «Toshshahartransxizmat» aksiyadorlik jamiyatining ma’lum qilishicha, Xitoy Xalq Respublikasidan xarid qilingan King Long va Yutong rusumli avtobus hamda elektrobuslardan foydalanish bir vaqtda boshlangan. Shu sababli, ulardagi avtoshinalarning xizmat muddati ham deyarli bir paytga to‘g‘ri kelgan.

Qayd etilishicha, har yili kuz-qish mavsumi arafasida jamoat transporti parklarida avtoshinalarni ommaviy ravishda almashtirish zarurati yuzaga keladi. Bu esa texnika xavfsizligi va yo‘lovchilarning xavfsiz harakatini ta’minlash bilan bog‘liq standart talablardan kelib chiqadi. Avtoshinalarga bo‘lgan ehtiyojni to‘liq qoplash maqsadida ularni almashtirish ishlari joriy yil yoz mavsumidan boshlab belgilangan tartibda olib borilmoqda.

Shuningdek, jamiyat hozirgi kunda avtoshinalarni bosqichma-bosqich xarid qilish, texnik holatni doimiy monitoring qilish va xizmat muddati tugagan shinalarni yangilariga almashtirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilayotganini ma’lum qildi. Mazkur masala «Toshshahartransxizmat» AJ rahbariyati tomonidan doimiy nazoratda ekani ta’kidlandi.

Teglar

Mavzuga oid