Vodiydagi metan «zapravkalar» 19-martdan uzluksiz ishlaydi — Energetika vazirligi

Bugun 11:551 daqiqa

Energetika vazirligi vodiy viloyatlaridagi metan «zapravkalar» faoliyati bosqichma-bosqich tiklanayotganligini va ertadan uzluksiz ishlay boshlashini ma’lum qildi.

Vodiydagi metan «zapravkalar» 19-martdan uzluksiz ishlaydi — Energetika vazirligi © Foto: Vaqt.uz

Energetika vazirligi Farg‘ona vodiysidagi metan «zapravkalar» 19-martdan boshlab uzluksiz ishlay boshlashini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, vodiy viloyatlaridagi metan «zapravkalar» faoliyati bosqichma-bosqich tiklanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, sovuq havo sharoiti sabab 10-mart kuni soat 16:00 dan boshlab metan «zapravkalar» faoliyatiga vaqtincha cheklov joriy etilgan edi.

Keyinchalik harorat ko‘tarilishi bilan cheklovlar yumshatildi. 13-mart kunidan boshlab metan «zapravkalar» faqat ijtimoiy soha obyektlari hamda jamoat transportiga xizmat ko‘rsatishiga ruxsat berildi.

14-martdan esa «zapravkalar» faoliyati bosqichma-bosqich tiklanib, dastlab kunning ma’lum soatlarida ishlash rejimi joriy etildi. Xususan, ular 12:00 dan 16:00 gacha faoliyat yuritdi. 15—16-mart kunlari ish vaqti kengaytirilib, «zapravkalar» 10:00 dan 16:00 gacha xizmat ko‘rsatdi. 17-mart kunidan boshlab respublika bo‘ylab metan «zapravkalar» cheklovsiz ishlashi e’lon qilindi. Biroq Farg‘ona vodiysida ish vaqti hududiy hokimliklar bilan kelishilgan holda, gaz bosimiga qarab belgilanishi ma’lum qilgandi.

Teglar

Mavzuga oid