add

Xalqaro turizm akademiyasining Samarqand kampusi tashkil etiladi

Kecha 11:19701 Daqiqa

Akademiya «Ipak yo‘li» turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tuzilmasiga kiradi. Unda 1 oygacha bo‘lgan malaka oshirish va 8 oygacha bo‘lgan qayta tayyorlash kurslari bo‘ladi.

Xalqaro turizm akademiyasining Samarqand kampusi tashkil etiladi

O‘zbekiston prezidentining «Butunjahon turizm tashkiloti shafeligida Xalqaro turizm akademiyasi Samarqand kampusi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi PQ–350-sonli qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, BMTning Butunjahon turizm tashkiloti shafeligida tashkil etilgan Xalqaro turizm akademiyasi Samarqand kampusi (Akademiya) faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu akademiya dunyoning eng nufuzli top-10 reytingiga kirgan ta’lim tashkiloti bilan hamkorlik o‘rnatib, mutaxassislar tayyorlashni yo‘lga qo‘yishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, 1 oygacha bo‘lgan malaka oshirish hamda 8 oygacha bo‘lgan qayta tayyorlash o‘quv kurslari tashkil etishladi.

Mazkur akademiya «Ipak yo‘li» turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tuzilmasiga kiradi. Unda o‘qitish O‘zbekistonda amaldagi ta’lim shakllarida o‘zbek, rus va ingliz tillarida amalga oshiriladi.

Qarorga muvofiq, 2025 yil 1-dekabrdan turizm sohasi sub’ektlari mutaxassislari shartnoma asosida qayta tayyorlanadi va malakasi oshiriladi. Shu jumladan, har yili Butunjahon turizm tashkilotiga a’zo davlatlarning 100 nafar iqtidorli mutaxassislariga Akademiyaning qayta tayyorlash va malaka oshirish o‘quv dasturlarida ta’lim olish uchun maxsus grant ajratiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ekologiya vazirligi tarkibidagi Turizm qo‘mitasi alohida tuzilma sifatida qayta tashkil etilgani haqida xabar berilgandi.

Teglar

Mavzuga oid

Xalqaro turizm akademiyasining Samarqand kampusi tashkil etiladi | Vaqt.uz