add

Xotin-qizlarning biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun 2 trln so‘m yo‘naltiriladi

Kecha 12:551542 daqiqa

Prezidentning tegishli qarori bilan xotin-qizlarning kasb-hunar o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirish belgilandi.

Xotin-qizlarning biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun 2 trln so‘m yo‘naltiriladi

3-dekabr kuni prezidentning «Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF–240-sonli farmoni qabul qilindi.

Unga ko‘ra, mahallalarda xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash markazlari faoliyatini kengaytirish farmonning asosiy maqsadlaridan etib belgilandi.

Shuningdek, 2026–2027 yillarda «HAMROH» xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi» MCHJ (Kompaniya) tomonidan 6 ming nafar xotin-qizlarning tadbirkorlik loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun 2 trln so‘m yo‘naltiriladi. 2,8 ming nafar xotin-qizlarni tadbirkorlikka o‘qitiladi. Shu jumladan, 2 ming nafar xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatiga hamrohlik qilish asosida ko‘maklashiladi.

Bundan tashqari, 2026 yil 1-yanvardan tijorat banklari tomonidan ta’sischilari tarkibida ayollar ulushi 50 foiz va undan yuqorini tashkil qilgan va (yoki) rahbari ayol kishi bo‘lgan kichik va o‘rta tadbirkorlik sub’ektlarining kamida 10 ta ish o‘rni yaratishni nazarda tutuvchi loyihalariga Markaziy bankning asosiy stavkasidan 10 foiz punkt yuqori stavkagacha BHMning 25 ming baravarigacha miqdorda kredit ajratish;

«Biznesni kafolatlash milliy kompaniyasi» AJ tomonidan tijorat banklari kreditlarining 70 foizigacha bo‘lgan qismiga kafolat (kafillik) taqdim etish.

Dastur doirasida tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mazkur Farmonda nazarda tutilgan mablag‘larni Kompaniyaga yo‘naltirish uchun «Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi» AJga Markaziy bankning asosiy stavkasida 3 yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga ajratadi.

Teglar

Mavzuga oid