add

XV asrda suv ostida qolgan Ipak yo‘li shahri topildi

Kecha 17:155421 Daqiqa

Qirg‘izistondagi Issiqko‘l tubidan arxeologlar butunlay g‘arq bo‘lgan, musulmonlar qabristoni, savdo nuqtalariga ega yirik shahar qoldiqlarini aniqladi.

XV asrda suv ostida qolgan Ipak yo‘li shahri topildi

Qirg‘izistondagi Issiqko‘lda ilk marta O‘rta asrdagi savdo shaharining qoldiqlari aniqlandi. Ushbu hudud bir paytlar Ipak yo‘lidagi asosiy nuqtalardan biri bo‘lgan va XV asrdagi yirik zilzila natijasida butunlay suv ostida qolgan. Topilmalar ushbu shahar haqidagi ilk muhim dalillardir.

Arxeologlar, asosan Rossiya va Qirg‘iziston olimlari hamkorligida, ko‘l tubida 1–4 metr chuqurlikda joylashgan qadimiy binolar, masjid yoki madrasaga o‘xshash jamoat binolari, tegirmonlar, kamonsimon eshiklar va yopiq hududlarni topdi. Binolar yonidan pishiq g‘ishtlar, tegirmon toshlari, himoya devorlarining izlari ham aniqlangan.

Ushbu botgan shahar — Toro‘-Ayg‘ir XIII–XV asrlarda faol bo‘lgan, musulmon aholi yashagan va savdo yo‘llarining markaziy nuqtasi hisoblangan. Qabristonda topilgan ikki jasadning yuzi Makka tarafga qaratib dafn etilgani, bu yerda Islom qonun-qoidalariga amal qilinganini ko‘rsatadi. Arxeologlar bu yerdagi dafnlar Oltin O‘rda davriga tegishli ekanini taxmin qilmoqda.

issiqkol arx1

Shahar Islom kirib kelganidan oldin ham madaniyatlar kesishmasida joylashgan. Aholi orasida buddaviy, nasroniy va tangrichi kishilar yashagan. Ayni damda tadqiqotchilar ko‘l tubidan sopol bo‘laklari, suv idishlari va hatto qabr toshlarini ham chiqarishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Olimlar bu topilmani «Pompey» fojiasiga tenglashtirmoqda. Suv ostidan chiqariladigan yangi arxeologik ma’lumotlar Ipak yo‘li tarixi, musulmon madaniyati va Markaziy Osiyo shaharsozligi borasida yangi sahifa ochishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid