add

Yevropa qarshi loyiha tayyorladi: Ukraina bo‘yicha AQSH rejasi qayta ko‘rib chiqiladimi?

Bugun 08:182451 Daqiqa

Trampning «tinchlik rejasi»ga javob tariqasida Yevropa yetakchilari o‘z loyihasini ishlab chiqdi. Unda Ukraina armiyasiga nisbatan cheklovlar bekor qilinishi, strategik ob’ektlar ustidan nazorat qaytarilishi va hududiy masalalar faqat otashkesimdan keyin muhokama qilinishi ko‘zda tutilgan.

Yevropa qarshi loyiha tayyorladi: Ukraina bo‘yicha AQSH rejasi qayta ko‘rib chiqiladimi?

Yevropa loyihasida Ukraina Qurolli kuchlarining soni yoki qurollanish darajasiga cheklovlar qo‘yilmaydi. Bu AQSH rejasidan farqli o‘laroq, Kiyevga uzoq masofali qurol yetkazib berishni to‘xtatish va armiya sonini 600 minggacha qisqartirishni nazarda tutmaydi. Yevropa rasmiylari Ukraina harbiy salohiyatiga taalluqli hech qanday cheklovni qabul qilmasligini ma’lum qilmoqda.

Yana bir muhim farq — Yevropa loyihasida Ukrainaga Zaporijjya AES, Kaxovka GES, Dneprga chiqish va Kinburn qo‘ltig‘i ustidan to‘liq nazoratni tiklash huquqi qaytariladi. AQSH variantida esa mazkur ob’ektlar ustidan nazorat teppa teng taqsimlanishi taklif qilingan edi.

Yevropa rejasi hududiy masalalarni otashkesimdan keyin ko‘rib chiqishni taklif qiladi. Bu AQSH rejasiga zid — unda Qrim, Donetsk va Luhanskni de-fakto Rossiyaga tegishli deb tan olish taklif etilgan.

Yevropa rasmiylari AQSHdan Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini rasman berishni talab qilmoqda. Shuningdek, Yevropa Ittifoqida muzlatilgan Rossiya aktivlarining taqdiri bo‘yicha AQSH rejasi jiddiy tanqidga uchragan — bu mablag‘larni Kiyevga o‘tkazish imkoniyatini cheklashi mumkinligi qayd etilgan.

Tomonlar o‘rtasida muzokaralar Jenevada davom etmoqda. Qator G7 mamlakatlari sammitida ushbu masala muhokama etildi. Yaqin kunlarda Moskva va Vashington o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar bo‘lishi mumkin.

AQSH prezidenti Donald Tramp o‘z rejasini Ukraina rad etgan taqdirda ham Kiyevga yordam berishni davom ettirishini aytdi. Ammo u bu hujjat hali yakuniy emasligini, muzokaralar uchun asos bo‘lib xizmat qilishini ta’kidladi.

Teglar

Mavzuga oid

Yevropa qarshi loyiha tayyorladi: Ukraina bo‘yicha AQSH rejasi qayta ko‘rib chiqiladimi? | Vaqt.uz