Logo

Zafarobod tumani hokimi avariyaga uchradi

Bugun 11:081 daqiqa

Mashinani maktabda o‘qiydigan o‘g‘li boshqargani aytilmoqda. Avtomobil katta yuk mashinasining orqa tomoniga urilgan. Ota-bola shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Zafarobod tumani hokimi avariyaga uchradi

30-avgust kuni Jizzax viloyati Zafarobod tumani hokimi G‘ayratjon Eshpo‘latov va uning voyaga yetmagan o‘g‘li KIA Seltos xizmat avtomobilida yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Aytilishicha, avtomobil katta yuk mashinasining orqa tomoniga urilgan, rulda hokimning maktabda o‘qiydigan o‘g‘li bo‘lgan.

Tan jarohatlari olgan ota-bola dastlab Zafarobod tuman tibbiyot birlashmasiga olib borilgan. Ammo ularning ahvoli og‘ir bo‘lgani bois tez yordam mashinasida Respublika shoshilinch yordam ilmiy markazining Jizzax shahridagi filialiga olib ketilgan.

photo_2026-09-02_09-41-23


Vaqt.uz holatga aniqlik kiritish uchun Jizzax viloyati hokimligi matbuot kotibi Akmal Binoqulov bilan bog‘landi. U hokimning yo‘l-transport hodisasiga uchraganini tasdiqlamadi, ammo inkor ham etmadi.

Ma’lumot uchun, G‘ayratjon Eshpo‘latov 2024-yil 5-martdan buyon Zafarobod tumani hokimi sifatida ish yuritmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

Zafarobod tumani hokimi avariyaga uchradi | Vaqt.uz