add

1 iyuldan ichki reyslarda elektron hujjat bilan ro‘yxatdan o‘tish mumkin

01.07.2025 | 11:4045414

1 iyuldan O‘zbekistonda ichki aviaparvozlar uchun ro‘yxatdan o‘tishda shaxsni tasdiqlovchi elektron hujjatlardan foydalanish imkoniyati yaratiladi. Bu yangi tartib faqat maxsus davlat platformalari orqali amalga oshiriladi.

1 iyuldan ichki reyslarda elektron hujjat bilan ro‘yxatdan o‘tish mumkin
O‘zbekiston aeroportlarida 1 iyuldan boshlab ichki reyslar uchun elektron hujjatlar orqali ro‘yxatdan o‘tish tizimi joriy etiladi. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati ma’lum qildi. Endilikda ichki parvozlarda yo‘lovchilar shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarning elektron ko‘rinishini taqdim etishlari mumkin. Bu jarayon Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki «Ijtimoiy karta» mobil ilovasi orqali amalga oshiriladi. Aeroportda ro‘yxatdan o‘tish paytida yo‘lovchi shaxsiy kabinetga kirib, shaxsiy ma’lumotlar sahifasidagi elektron hujjatni ro‘yxatdan o‘tish xodimiga ko‘rsatishi talab etiladi. Hujjatning skanerlangan nusxasi, fotosurat yoki skrinshotlari qabul qilinmaydi. Bu yangi tartib 2023 yil dekabrida qabul qilingan hukumat qaroridan kelib chiqadi. Qarorga muvofiq, 1 iyuldan O‘zbekistonda shaxsiy hujjatlarning elektron nusxalari rasmiy yuridik kuchga ega bo‘ladi. Yagona portal va «Ijtimoiy karta» mobil ilovasida elektron xizmatlar joriy qilinib, ushbu platformalar orqali berilgan hujjatlar mamlakat hududida majburiy qabul qilinishi belgilangan. Elektron ko‘rinishda qo‘llaniladigan asosiy hujjatlar qatorida: biometrik pasport, ID-karta, haydovchilik guvohnomasi, tug‘ilganlik haqida guvohnoma, nikoh qayd etilganlik, pensiya guvohnomasi, avtohujjatlar, talaba guvohnomasi va boshqalar mavjud. Endilikda banklar, notariuslar, aeroportlarda ichki reyslar va temir yo‘l vokzallarida qogoz hujjatlar talab qilinmaydi. Davlat organlari ham ushbu hujjatlarni qog‘oz ko‘rinishida so‘rash huquqiga ega emas. 2024 yil may oyida Face ID orqali identifikatsiya tizimi joriy etildi. Shuningdek, Mobile-ID orqali shaxsni aniqlash va qayta ro‘yxatdan o‘tish davlat xizmatlari markazlarida bepul amalga oshiriladi. Joriy yilda aholining yagona elektron reyestri joriy qilinadi, bu reyestr shaxsning barcha shaxsiy ma’lumotlarini o‘zida jamlaydi.

Teglar

Mavzuga oid