add

«101-kilometrdan tashqariga»: Tramp «bomj»larni Vashingtondan chiqarib tashlashni buyurdi

11.08.2025 | 20:0020313

AQSH prezidenti Donald Tramp Vashingtondagi uysizlarni poytaxtdan olib chiqish va shahar xavfsizligini oshirish rejasini e’lon qildi. U uysizlarga joy berilishi, ammo u «poytaxtdan ancha uzoqda» bo‘lishini ta’kidladi.

«101-kilometrdan tashqariga»: Tramp «bomj»larni Vashingtondan chiqarib tashlashni buyurdi
Donald Tramp yakshanba kuni uysiz shaxslar Vashingtonni «darhol» tark etishi kerakligini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ular uchun yashash manzillari taqdim etiladi, ammo ular poytaxtdan ancha uzoqda joylashadi. Prezidentning aytishicha, bu choralar jinoyatchilikka qarshi kurashning bir qismi hisoblanadi. Dushanba kuni soat 10:00da (Nyu York vaqti bilan) Oq uyda matbuot anjumani o‘tkazilib, poytaxtdagi zo‘ravon jinoyatchilikka qarshi kurash va shaharning «estetik tiklanishi» bo‘yicha rejalar taqdim etiladi. Tramp bu orqali Vashingtonni «har qachongidan ham xavfsiz va chiroyli» qilish niyatida ekanini aytdi. Prezident shahar meri Myuriel Bauzerni «yaxshi inson» deb atadi, ammo uning sa’y-harakatlariga qaramay, jinoyatchilik darajasi o‘sib borayotganini va shaharning «qiyofasi yomonlashayotganini» ta’kidladi. Iyul oyida Tramp uysizlarni qo‘lga olishni yengillashtiruvchi farmonni imzolagan edi. Shuningdek, o‘tgan haftada u federal huquqni muhofaza qiluvchi xodimlarni Vashington ko‘chalariga jo‘natdi. Prezident rejasiga ko‘ra uysizlar, jinoyatchilar va qonuniy maqomi yo‘q shaxslarni Kolumbiya okrugidan tashqariga chiqarilishi kerak.

Teglar

Mavzuga oid

undefined | Vaqt.uz