add

17 avgust kuni Yer yaqinidan xavfli asteroid uchib o‘tadi

15.08.2025 | 15:252642

2025 PM nomli diametri taxminan 50 metr bo‘lgan asteroid 17 avgust kuni Yerga 384 ming kilometr masofagacha yaqinlashadi. Bu haqda Rossiya Quyosh astronomiya laboratoriyasi ma’lum qildi.

17 avgust kuni Yer yaqinidan xavfli asteroid uchib o‘tadi
Mutaxassislarga ko‘ra, 1 million kilometrdan kam masofada Yerga yaqinlashgan asteroidlar orasida 2025 PM eng yiriklardan biri hisoblanadi. Shunga o‘xshash navbatdagi yaqinlashuv sentyabr oyida kuzatilishi mumkin. 2025 yil 1 avgustda kashf etilgan mazkur asteroid Yer orbitasini kesib o‘tuvchi «Apollon»lar guruhiga mansub. Uning Quyosh atrofidagi aylanish davri ikki yildan sal ortiq. Olimlar uni kometaga xos xususiyatlarga ega bo‘lmagan ulkan toshli jism deb taxmin qilmoqda. Asteroidning Yer yonidan o‘tishi Toshkent vaqti bilan 17 avgust soat 14:03 da sodir bo‘ladi. Trayektoriyasi faqat boshqa kosmik jism bilan to‘qnashgandagina o‘zgarishi mumkin, biroq bu ehtimol juda past. Hozirda asteroid orbitasini aniqlash maqsadida kuzatuvlar davom ettirilmoqda. Olimlar bunday yaqinlashuvlar astronomiya tadqiqotlari uchun muhim imkoniyat ekanini ta’kidlamoqda. Avvalroq Quyosh astronomiyasi sohasidagi kuzatuvchilar tomonidan Quyosh atrofida Yerdan o‘n barobar katta bo‘lgan, qushga o‘xshash ob’ekt tasvirga olingan edi.

Teglar

Mavzuga oid