add

20 mlrd so‘mlik asossiz hisoblangan ortiqcha to‘lovlar iste’molchilarga qaytarildi

14.08.2025 | 13:0038053

2025 yilning birinchi yarmida elektr, gaz, suv va issiqlik ta’minoti sohalaridagi asossiz hisoblangan mablag‘lar qaytarildi.

20 mlrd so‘mlik asossiz hisoblangan ortiqcha to‘lovlar iste’molchilarga qaytarildi
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra , 2025 yilning birinchi yarmida tabiiy monopoliya sub’ektlari tomonidan asossiz hisoblangan jami 20 mlrd so‘mga yaqin mablag‘ 48 mingdan ortiq jismoniy va 100 dan ziyod yuridik iste’molchiga qaytarildi. Shu jumladan: — Elektr energiyasi sohasida 5,5 mlrd so‘m; — Tabiiy gazda 7,5 mlrd so‘m; — Ichimlik suvi ta’minotida 2,5 mlrd so‘m; — Issiqlik ta’minotida 4,5 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ qayta hisob-kitob qilindi. Samarqand viloyatida «Ishsizlarni kasb-hunarga o‘rgatish markazi» murojaati asosida «Samarqand suv ta’minoti» AJ tomonidan asossiz hisoblangan 263 mln so‘m iste’molchiga qaytarildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ «Energosavdo» filiali Beruniy tumani bo‘linmasi «Xoji Karimov» fermer xo‘jaligidan asossiz hisoblangan 86 mln so‘mdan ortiq mablag‘ni, shuningdek «Qoraqalpoq suv ta’minoti» AJ 48 mingdan ortiq iste’molchidan asossiz hisoblangan 2 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni sud qarori asosida qaytardi. Navoiy viloyatida esa «Issiqlik manbai» DUK murojaati bilan «Xududgaz Navoiy» filiali tomonidan 1,6 mln m³ dan ortiq tabiiy gaz uchun asossiz hisoblangan 2,5 mlrd so‘mga yaqin mablag‘ sud qarori asosida qayta hisob-kitob qilindi. Avvalroq Soliq qo‘mitasi asossiz ravishda tadbirkorlardan ortiqcha pul yechib olgani haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid