add

20-yanvar uchun ob-havo ma’lumotlari e’lon qilindi

Bugun 12:122 daqiqa

Ertaga O‘zbekistonning ba’zi joylarida qor yog‘ishi kutilmoqda.

20-yanvar uchun ob-havo ma’lumotlari e’lon qilindi© Javhar Chorshanbiyeva

O‘zgidromet 20-yanvar kuni O‘zbekiston bo‘ylab kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Ertaga Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...-2 daraja sovuq, kunduzi +3...+5 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi -8...-13 daraja sovuq, kunduzi 0...-5 daraja sovuq, Ustyutda kechasi -17...-22 daraja sovuq, kunduzi -5...-10 daraja sovuq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kechga tomon ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan sekundiga 9-14 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi -2...-7 daraja sovuq, cho‘l hududning shimolida -10 daraja sovuqqacha, kunduzi 0...+5 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...-5 daraja sovuq, kunduzi +2...+7 daraja iliq bo‘ladi.

Samarqand viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kechga tomon ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...-5 daraja sovuq, kunduzi +2...+7 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo viloyatida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kechga tomon ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi -3 daraja sovuq, +2 daraja iliq, kunduzi +5...+10 daraja iliq bo‘ladi.

Surxondaryo viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi -3 daraja sovuq, +2 daraja iliq, kunduzi +5...+10 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...-5 daraja sovuq, kunduzi 0...+5 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushadi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi -5...-10 daraja sovuq, kunduzi -3 daraja sovuq, +2 daraja iliq bo‘ladi.

Teglar

Mavzuga oid