add

2025 yil I choragida O‘zbekiston davlat qarzi 42,4 mlrd dollarga yetdi

27.05.2025 | 21:0039732

O‘zbekistonning davlat qarzi joriy yilning 1 aprel holatiga 42,4 milliard dollarni tashkil etdi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7,1 milliard dollarga yoki 20 foizga ko‘paygan.

2025 yil I choragida O‘zbekiston davlat qarzi 42,4 mlrd dollarga yetdi
2025 yil 1 aprel holatiga davlat qarzining 35,5 milliard dollari tashqi, 6,9 milliard dollari esa ichki qarzdan iborat. Davlat qarzining YAIMga nisbatan ulushi 31,7 foizdan 33,5 foizgacha o‘sgan. 2024 yil yakunida davlat tashqi qarzining 45 foizi (15,3 mlrd dollar) davlat byudjeti taqchilligini qoplashga yo‘naltirilgan. Qolgan qismlari esa quyidagi sohalarga sarflangan: – Yoqilg‘i-energetika — 17 foiz (5,74 mlrd dollar) – Transport va infratuzilma — 8 foiz (2,8 mlrd dollar) – Qishloq va suv xo‘jaligi — 9 foiz (2,9 mlrd dollar) 2025 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning tashqi qarzi bo‘yicha asosiy kreditorlari: – Jahon banki — 7,6 mlrd dollar – Osiyo taraqqiyot banki — 7,4 mlrd dollar – Xalqaro investorlar (yevrobondlar) — 4,1 mlrd dollar – Xitoy moliya tashkilotlari — 3,8 mlrd dollar – Yaponiya — 2,9 mlrd dollar – Islom taraqqiyot banki, Koreya, Fransiya, Germaniya, YeTTB va boshqalar Joriy yilda O‘zbekiston 5,5 milliard dollargacha tashqi qarz jalb qilishni rejalashtirmoqda. Shundan 3 mlrd dollari byudjet taqchilligini moliyalashtirishga, qolgani esa investitsiya loyihalariga yo‘naltiriladi.

Teglar

Mavzuga oid