add

2025 yilda dunyoda eng ko‘p qaysi brend mashinalari sotib olingani ma’lum qilindi

Bugun 14:554782 daqiqa

2025 yilning birinchi yarmida dunyo avtomobil bozorida yetakchi o‘rinlar sezilarli o‘zgardi. Elektromobillarning tez ommalashuvi an’anaviy ishlab chiqaruvchilar orasida ham raqobat kuchaytirmoqda.

2025 yilda dunyoda eng ko‘p qaysi brend mashinalari sotib olingani ma’lum qilindi

Visual Capitalist nashri 2025 yilda dunyoda eng ko‘p sotilgan avtomobil brendlari ro‘yxatini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Toyota jahonda eng ko‘p avtomobil sotgan brend sifatida birinchi o‘rinni egallagan. Kompaniya 2025 yilning birinchi yarmida 4,7 milliondan ortiq avtomobil sotgan.

Keyingi o‘rinlarda:

 2. Volkswagen – 2,320,300;

 3. Ford – 2,075,500;

 4. BYD – 2,004,442;

 5. Hyundai – 1,956,774;

 6. Honda – 1,661,200;

 7. Suzuki – 1,631,000;

 8. Nissan – 1,624,851;

 9. Kia – 1,587,536;

 10. Chevrolet – 1,490,500;

 11. BMW – 1,070,814;

 12. Geely – 992,616;

 13. Mercedes – 899,974;

 14. Renault – 808,674;

 15. Audi – 783,531.

photo_2025-12-09_14-41-28

To‘rtinchi o‘rindagi BYD avtomobil bozori uchun haqiqiy «syurpriz»ga aylandi. Kompaniya bir yilda 31 foizlik o‘sish qayd etgan bo‘lib, 2 milliondan ortiq avtomobil sotgan. Mutaxassislar yil yakuniga qadar BYD Ford’ni ortda qoldirishi mumkinligini aytishmoqda. Bu natija Xitoyning tez o‘sib borayotgan elektromobil bozori va brendning Yevropa hamda Lotin Amerikasidagi faol ekspansiyasi bilan bog‘liq.

Boshqa an’anaviy brendlar uchun yilning birinchi yarmi turlicha kechdi. Honda, Nissan, Mercedes va Audiʻning sotuvlari o‘tgan yilga isbatan 2–7 foiz orasida pasayish qayd etgan. Yevropada talabning susayishi va iqtisodiy noaniqlik ushbu brendlarning global ko‘rsatkichlariga ta’sir ko‘rsatgan. Shu bilan birga, Hyundai, Kia va Chevrolet kabi brendlar barqaror o‘sishga erishgan. Ularning yangi modellari va raqobatbardosh narx siyosati global bozorlardagi mavqeini kuchaytirgan.

O‘n ikkinchi o‘rindagi Geely esa 59 foizlik ulkan o‘sish bilan eng jadal rivojlanuvchi brend sifatida qayd etilgan. Umuman olganda, global trendlar elektromobillarga talab ortib, Xitoy ishlab chiqaruvchilarining raqobatbardoshligi kuchayib borayotganini ko‘rsatmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 10 oy davomida O‘zbekistonda eng ko‘p qaysi avtomobil ishlab chiqarilganligi haqida ma’lumot berilgan edi.

Teglar

Mavzuga oid