add

2025 yilda dunyoda nechta jurnalist halok bo‘lgani ma’lum qilindi

Bugun 21:292 daqiqa

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yil jurnalistlar uchun eng xavfli davrlardan biri bo‘lgan.

2025 yilda dunyoda nechta jurnalist halok bo‘lgani ma’lum qilindi

2025 yilda dunyoning turli mintaqalarida jami 128 nafar jurnalist va ommaviy axborot vositalari xodimlari halok bo‘lgan.

Ularning 10 nafari ayollar hisoblanadi. Bu haqda Xalqaro jurnalistlar federatsiyasi rasmiy hisobotida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, ushbu raqamlar ichiga kasbiy faoliyat bilan bog‘liq zo‘ravonlik holatlari bilan birga, baxtsiz hodisalar natijasida yuz bergan 9 ta o‘lim ham kiritilgan.

Taqqoslash uchun, 2024 yilda dunyo bo‘ylab 122 nafar jurnalist halok bo‘lgan bo‘lib, ularning 14 nafari ayollar edi. Ya’ni, bir yil ichida halok bo‘lgan OAV xodimlari soni yana ortgan.

XJF raisi Entoni Bellanjerning ta’kidlashicha, 2025 yildagi ko‘rsatkichlar jurnalistlar uchun xavf darajasi eng yuqori nuqtaga chiqqanini ko‘rsatadi.

U rasmiy hokimiyatlarni ommaviy axborot vositalari xodimlarini himoya qilish borasidagi «doimiy muvaffaqiyatsizlik»da tanqid qilgan va 2026 yilda zo‘ravonlik hamda jazosizlikka qarshi keskin choralar ko‘rishga chaqirgan.

Federatsiya ma’lumotlariga ko‘ra, 1990 yildan buyon butun dunyoda jami 3173 nafar jurnalist halok bo‘lgan. Shuningdek, 2025 yil 31-dekabr holatiga ko‘ra, dunyo bo‘ylab 533 nafar jurnalist qamoqda saqlanmoqda. Bu o‘tgan yilga nisbatan o‘sishni anglatadi, chunki 2024 yil oxirida qamoqdagi jurnalistlar soni 516 nafarni tashkil etgan.

Eng ko‘p qamoqda saqlanayotgan jurnalistlar Xitoy hissasiga to‘g‘ri kelib, ularning soni 143 nafarni tashkil etgan.

Shu bilan birga, jurnalistlar o‘limi bo‘yicha turli xalqaro tashkilotlar keltirayotgan ma’lumotlar o‘rtasida farq mavjud. Masalan, Chegara bilmas muxbirlar hisob-kitoblariga ko‘ra, 2025 yilda kasbiy faoliyatini bajarish chog‘ida 67 nafar OAV xodimi halok bo‘lgan. YUNESKO ma’lumotlarida esa ushbu ko‘rsatkich 93 nafar deb qayd etilgan.

Mutaxassislar bu tafovutlarni hisoblash uslublari va mezonlarining turlichaligi bilan izohlamoqda.

Teglar

Mavzuga oid