add

2025 yilda dunyoning eng yirik banklari qaysilar? — Tahlil

04.08.2025 | 19:00409012

2025 yilga kelib, dunyo moliyaviy tizimi chuqur o‘zgarishlarga yuz tutdi. Shu fonda dunyoning eng yirik banklari reytingi ham yangilanib, moliyaviy barqarorlik, kapitallashuv hajmi va xalqaro ta’sir darajasi jihatidan aniq yetakchilar belgilandi.

2025 yilda dunyoning eng yirik banklari qaysilar? — Tahlil

Bu reyting banklarning bozor kapitallashuvi (market capitalization) asosida tuzilgan. Bozor kapitallashuvi — bu kompaniyaning moliyaviy bozor qiymatini bildiradi va quyidagi formula asosida hisoblanadi:

Bozor kapitallashuvi = Kompaniyaning aksiyalari soni × Bir dona aksiya narxi

Banklar reytingini tuzishda quyidagi mezonlar e’tiborga olinadi:

1. Aksiyadorlik qiymati (Market Value)

Bu bankning fond birjalarida baholanishi bo‘lib, investorlar u bankni qancha qadrlayotganini ko‘rsatadi. Yuqori kapitallashuv ko‘proq ishonch, barqaror daromad, kuchli moliyaviy ko‘rsatkichlar bilan bog‘liq.

2. Fond birjasida ochiq savdo (Public Listing)

Faqat fond birjalarida ochiq savdoga qo‘yilgan, ya’ni investorlar tomonidan aksiyalari erkin sotib olinadigan banklar hisobga olinadi. Ko‘plab yirik davlat banklari, jumladan, Xitoy banklari ham shu toifaga kiradi.

3. Doimiy ravishda yangilanib turadigan ma’lumotlar

Bozor kapitallashuvi doimiy ravishda o‘zgarib boradi — bu aksiyalar narxi fond bozorida kunlik savdolarga qarab oshib yoki kamayib boradi. Reyting odatda oxirgi moliyaviy chorak yoki yillik yangilangan ma’lumotlarga asoslanadi (masalan, 2025 yil iyul holati).

4. Moliyaviy hisobotlar va investorlar ishonchi

Bankning yillik daromadi, foydasi, aktivlar sifati, qarzlar miqdori, dividend siyosati va boshqaruv tizimi ham investorlar tomonidan baholanadi. Bu omillar bank aksiyalarining narxiga, demakki, kapitallashuviga bevosita ta’sir qiladi.

  2025 yilning dastlabki yarim yillik holatiga ko‘ra, dunyodagi yirik 10 bank quyidagilar:   1-o‘rin. JPMorgan Chase (Nyu York, AQSH) Bozor kapitalizatsiyasi: 852,66 mlrd dollar Jami aktivlari: 4.002 trln dollar Bank 01 AQSHdan chiqqan eng yirik bank bo‘lib, dunyoda umumiy aktivlar hajmi bo‘yicha beshinchi o‘rinda turadi. Bu kuchli moliyaviy tashkilot investitsiya bankchiligi va boshqa moliyaviy xizmatlar sohasida yetakchi hisoblanadi. Ayniqsa, bank hozirgi kunda sohaning asosiy ishtirokchilaridan biri sifatida o‘z mavqeini mustahkamlab bormoqda. E’tiborlisi, AQSH Markaziy banki tomonidan joriy etilgan eng yangi tezkor to‘lov tizimi — FedNow xizmatini JPMorgan Chase eng birinchilardan bo‘lib joriy qilgan va bugungi kunda undan aholi faol foydalanib kelmoqda.   2-o‘rin. Bank of America Bozor kapitalizatsiyasi: 375,43 mlrd dollar Jami aktivlari: 3,26 trln dollar Bank 02 Bank of America ham AQSHning yirik banklaridan biri bo‘lib, investitsiya bankchiligi, boyliklarni boshqarish va savdo sohalarida faol ishlaydi. Taxminan 66 mln iste’molchi va kichik biznes mijozlariga xizmat ko‘rsatadi. Bu bank o‘zining keng ko‘lamli moliyaviy xizmatlari bilan mijozlar orasida katta ishonchga ega.   3-o‘rin. Industrial and Commercial Bank of China (ICBC) Bozor kapitalizatsiyasi: 330,56 mlrd dollar Jami aktivlari: 6,69 trln dollar Bank 03 ICBC — nafaqat Xitoy, balki butun dunyo bo‘yicha eng yirik banklardan biridir. Bu bank umumiy aktivlar hajmi bo‘yicha global miqyosda yetakchilik qiladi. Xalqaro moliya maydonida ICBC o‘zining mustahkam o‘rniga ega bo‘lib, Bank of America kabi yirik moliyaviy institutlar bilan bir qatorda har doim eng ilg‘orlar safida bo‘lib kelmoqda.   4-o‘rin. Xitoy Qishloq xo‘jaligi banki (Agricultural Bank of China) Bozor kapitalizatsiyasi: 291,13 mlrd dollar Jami aktivlari: 5,92 trln dollar Bank 04 Bu bank dunyoda aktivlari bo‘yicha uchinchi o‘rinda turadi va ayniqsa Xitoyning qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Qishloq hududlarida moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish, dehqonchilik va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda bank katta hissa qo‘shmoqda.     5-o‘rin. Xitoy qurilish banki (China Construction Bank CCB) Bozor kapitalizatsiyasi: 281,74 mlrd dollar Jami aktivlari: 5,56 trillion dollar Bank 06 Xitoy qurilish banki dunyodagi eng yirik banklardan biri bo‘lib, moliyaviy salohiyati jihatidan ikkinchi o‘rinda turadi. Bank Xitoyda qurilish, infratuzilma va uy-joy bozorini moliyalashtirishda muhim rol o‘ynaydi. U katta miqdordagi investitsiyalar bilan mamlakat iqtisodiy taraqqiyotiga hissa qo‘shmoqda.   6-o‘rin. Wells Fargo (Kaliforniya, AQSH) Bozor kapitalizatsiyasi: 234,41 mlrd dollar Jami aktivlari: 1,92 trln dollar Bank 05 Wells Fargo — AQSHdagi eng yirik va tanilgan moliyaviy muassasalardan biri bo‘lib, hozirda 35 ga yaqin mamlakatda o‘z xizmatlarini taklif qiladi. Bank AQSHning yangi tezkor to‘lov tizimi — FedNowni joriy etishda faol ishtirok etmoqda. JPMorgan bilan hamkorlikda ishlash barobarida, yana 33 ta bank va kredit uyushmalari bilan birgalikda bu tizimni amaliyotga joriy qilmoqda.   7-o‘rin. Xitoy banki (Bank of China) Bozor kapitalizatsiyasi: 239,30 mlrd dollar Jami aktivlari: 4,80 trillion dollar Bank 07 Bank of China — dunyodagi eng yirik banklardan biri bo‘lib, aktivlar hajmi bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinda turadi. Xitoyning eng qadimgi moliyaviy muassasalaridan biri sifatida, u uzoq tarixga ega va xalqaro moliya sohasida katta obro‘ga ega.   8-o‘rin. Morgan Stanley (Nyu York, AQSH) Bozor kapitalizatsiyasi: 235,71 mlrd dollar Jami aktivlari: 1,22 trln dollar Bank 09 Morgan Stanley — AQSHdagi mashhur investitsiya banklaridan biri bo‘lib, moliyaviy xizmatlar ko‘rsatishga ixtisoslashgan. Bank yaqinda Yaponiyaning Mitsubishi UFJ Financial kompaniyasi bilan 15 yillik strategik hamkorlikni chuqurlashtirish rejasini e’lon qildi. Bu ittifoq orqali ular moliyaviy bozorlarning turli yo‘nalishlarida hamkorlikni kuchaytirmoqchi.   9-o‘rin. HSBC (Hongkong and Shanghai Banking Corporation, London, Angliya) Bozor kapitalizatsiyasi: 211,30 mlrd dollar Jami aktivlari: 3,02 trln dollar Bank 08 Bosh ofisi Buyuk Britaniyada joylashgan HSBC — global miqyosdagi yirik banklardan biri. Butun dunyo bo‘ylab millionlab mijozlarga xizmat ko‘rsatadi va xalqaro moliyaviy xizmatlar sohasida muhim o‘ringa ega.     10-o‘rin. Hamdo‘stlik banki (Commonwealth Bank of Australia — CBA) Bozor kapitalizatsiyasi: 197,80 mlrd dollar Jami aktivlari: 839,35 milliard dollar Bank 10 Sidney shahrida joylashgan Hamdo‘stlik banki — Avstraliyaning eng yirik moliyaviy muassasalaridan biri hisoblanadi. 1911 yilda tashkil etilgan ushbu bank bugungi kunga kelib chakana savdo, biznes, boyliklarni boshqarish, pensiya jamg‘armalari va sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatadigan yirik xalqaro bankka aylangan. CBA butun Avstraliya bo‘ylab millionlab mijozlarga xizmat ko‘rsatadi va Yangi Zelandiya hamda Osiyoning ayrim hududlarida ham faoliyat yuritadi. Mehrinoza Farmonova tayyorladi.

Teglar

Mavzuga oid