add

2025 yilda milliy puli qiymati dollarga nisbatan eng ko‘p pasayotgan mamlakatlar

20.11.2025 | 16:351261 Daqiqa

XVJ prognoziga ko‘ra, inflatsiya ayrim mamlakatlarda yil boshida 100 dollarga teng mahalliy valyutani dekabrgacha 15 dollar darajasida qiymatsizlantirishi mumkin.

2025 yilda milliy puli qiymati dollarga nisbatan eng ko‘p pasayotgan mamlakatlar

2025 yilda inflatsiya ayrim mamlakatlar aholisining xarid qobiliyatini keskin zaiflashtirishi kutilayapti. Visual Capitalist tahlilchilari Xalqaro valuta jamg‘armasi (XVJ)ning yillik prognozlariga asoslanib, yil boshidagi 100 dollarga teng mahalliy valuta yil so‘ngida qancha qiymatda qolishini hisoblab chiqdi.

bolivar2

inflatsiya — bu narxlarning oshishi orqali pulning real qiymati pasayishi demakdir. Masalan, agar siz yanvarda 100 dollar miqdorida pul ishlagan bo‘lsangiz, dekabrga kelib u faqat 80 dollarlik tovarga yetishadigan bo‘lsa, xarid qobiliyatingiz 20 foizga kamaygan bo‘ladi.

Eng keskin holat Venesuelada kuzatilmoqda — bu yerda XVJ  2025 yilda inflyatsiyani 549 foiz deb baholagan. Bu shunday ma’noni anglatadiki, yanvarida yig‘ilgan 100 dollarga teng pul dekabrga kelib atigi 15 dollarlik narsaga yetadi. Bunday inqiroz AQSH sanksiyalari va ichki iqtisodiy muammolar oqibatida yuzaga kelgan.

Inflyatsiyaning yuqori bo‘lishi faqat Lotin Amerikasiga xos emas. Dunyoning ko‘plab mintaqalarida mahalliy pul birliklari yil davomida xarid qobiliyatining chorak qismini yo‘qotishi ehtimoli bor. Bu holat ish haqi va omonatlarning tezda qadrsizlanishiga olib keladi, oziq-ovqat yoki uy-joy ijarasi kabi zarur xarajatlar esa ortgandan-ortadi.

Tahlilchilar bunday sharoitda aholiga inflatsiya past bo‘lgan va barqaror valyutada — masalan, dollar yoki yevroda omonat saqlashni tavsiya qilishmoqda. Bu orqali uzoq muddatda moliyaviy xavflarni kamaytirish mumkin.

Teglar

Mavzuga oid

2025 yilda milliy puli qiymati dollarga nisbatan eng ko‘p pasayotgan mamlakatlar | Vaqt.uz