add

2025 yilda o‘zbekistonliklar qancha miqdordagi subsidiyalardan foydalangan?

Kecha 11:151 daqiqa

2025 yilda fuqarolarga to‘lab berilgan subsidiyalar miqdori va undan foydalanganlar soni ma’lum qilindi. Subsidiyalardan eng ko‘p foydalangan hudud Samarqand viloyati bo‘lgan.

2025 yilda o‘zbekistonliklar qancha miqdordagi subsidiyalardan foydalangan?

2026 yil 1-yanvar holatida O‘zbekistonda ipoteka kreditlari bo‘yicha fuqarolarga jami 2 trln 118,1 mlrd so‘mlik subsidiyalar ajratilgan. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lum qildi.

Shundan uy-joy sotib olishda boshlang‘ich badal uchun 20 894 kishiga jami 626,8 mlrd so‘mlik subsidiyalar ajratildi. Shuningdek, ipoteka kreditlari foiz to‘lovining bir qismini qoplash uchun 91 932 kishiga jami 1 trln 491,3 mlrd so‘m to‘lab berildi.

Ipoteka kreditlari subsidiyalaridan eng ko‘p foydalangan hududlar quyidagilar bo‘ldi:

1

Samarqand viloyatida 14 407 kishiga 275,4 mlrd so‘mlik;

Andijon viloyatida 12 993 kishiga 245,1 mlrd so‘mlik;

Farg‘ona viloyatida 12 723 kishiga 232,1 mlrd so‘mlik subsidiyalar to‘lab berilgan.

Shu jumladan, ipoteka krediti subsidiyalaridan eng kam foydalangan hudud sifatida Sirdaryo viloyati qayd etildi. Sirdaryoda 2 471 ming kishiga 47,8 mlrd so‘mlik subsidiya ajratilgan.

Ushbu ipoteka kreditlari bo‘yicha davlat byudjetidan moliyalashtirilgan subsidiya to‘lovlarini eng ko‘p quyidagi banklar ajratgan:

«Milliy bank» — 472,2 mlrd so‘m;

«Ipoteka bank» — 448,7 mlrd so‘m;

«Biznesni rivojlantirish banki» — 322,4 mlrd so‘m.

2

Ma’lumot uchun, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali ipoteka kreditiga subsidiya olish uchun ariza berish mumkin. Ariza beruvchi 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi lozim.

Teglar

Mavzuga oid