add

2025 yilda Toshkentdagi eng qimmat ijara narxlari Mirobod tumanida bo‘ldi

Bugun 20:232 daqiqa

Poytaxtda ijara narxlarining o‘sish sur’ati Olmazor, Yashnobod va Shayxontohur tumanlarida sezilarliroq bo‘ldi, bu yerda yillik o‘rtacha o‘sish taxminan 11 foizni tashkil etdi.

2025 yilda Toshkentdagi eng qimmat ijara narxlari Mirobod tumanida bo‘ldi

2025 yilda Toshkent shahrida turar joy ijara bozori barqaror o‘sish sur’atini namoyon etdi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi e’lon qilgan ma’lumotlarda ko‘rish mumkin.

tash

Eng muhim jihat shundaki, ijara narxlari keskin sakrashlarsiz, bozordagi talab va taklif muvozanati asosida shakllanmoqda.

Bir kvadrat metr uchun eng yuqori o‘rtacha ijara qiymati an’anaviy ravishda poytaxtning markaziy tumanlarida qayd etildi.

Xususan, Shayxontohur, Mirobod va Yakkasaroy tumanlarida ijara narxi bir kvadrat metr uchun taxminan 10–11 AQSH dollari atrofida shakllandi.

Markaziy hududlar yuqori talab sabab bozorda yetakchilikni saqlab qolmoqda. Mirobod tumanida o‘rtacha ijara narxi 10,9 dollarga yetgan bo‘lsa, Shayxontohurda 10,3 dollar, Yakkasaroyda esa 10 dollar darajasida shakllandi.

Shu bilan birga, shaharning boshqa hududlarida ham ijara narxlari bosqichma-bosqich oshdi. Mirzo-Ulug‘bek tumanida o‘rtacha ko‘rsatkich 9,1 dollarga yetgan bo‘lsa, Yunusobodda 8,3 dollar, Yashnobodda 8 dollar darajasida qayd etildi. Chilonzor tumanida ijara narxi 7,8 dollar, Olmazorda 7,4 dollar atrofida bo‘ldi.

Eng nisbatan arzon ijara narxlari shaharning chetroq hududlarida saqlanib qolmoqda. Uchtepa tumanida bir kvadrat metr uchun o‘rtacha narx 6,9 dollar, Sergelida 6,3 dollar, Bektemirda esa 5,7 dollarni tashkil etdi. Bu hududlarda talab markaziy tumanlarga nisbatan pastroq qolmoqda.

Shuningdek, ijara narxlarining o‘sish sur’ati ayrim tumanlarda sezilarliroq bo‘ldi. Olmazor, Yashnobod va Shayxontohur tumanlarida yillik o‘rtacha o‘sish taxminan 11 foizga yetgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025 yilda O‘zbekistonda uy-joy narxi qancha bo‘lganligi haqida ma’lumot e’lon qilgan edik.

Teglar

Mavzuga oid