
2025 yilning avgust oyida O‘zbekiston banklaridagi eng daromadli so‘m omonatlari
11.08.2025 | 15:306667
O‘zbekistonda 35 ta bankdan 24 tasi milliy valyutada omonat taklif qilmoqda. Maksimal yillik stavka — 23 foiz, ammo u qat’iy shartlar evaziga beriladi.

Spot nashri O‘zbekiston banklaridagi oflayn va onlayn omonatlar shartlarini o‘rgandi. 2025 yil avgust oyi holatiga so‘mdagi omonatlarini 24 ta bankda ochish mumkin.
Garchi 2025 yilning fevralida stavkalar pasaytirilganiga qaramasdan, bozordagi o‘rtacha yillik foiz stavkasi 20–21 foiz darajasida saqlanmoqda va bu hali ham 8 foizlik inflyatsiya darajasidan ancha yuqori.
Foiz stavkalari 17 foizdan 23 foizgacha o‘zgarib turibdi. Eng yuqori — 23 foizlik yillik stavkani ANORBANK va «POYTAXT BANK» taklif qilmoqda. Biroq bu kabi yuqori foizli omonatlar odatda cheklovlar bilan beriladi: ularni to‘ldirib bo‘lmaydi yoki muddatidan oldin yechib olish mumkin emas.
Ayrim banklar qo‘shimcha mablag‘ kiritishni faqat ilk oylarda yoki belgilangan minimal summadan oshgan taqdirdagina qabul qiladi. Masalan, Universal Bank omonatga qo‘shimcha kiritish uchun kamida 500 ming so‘m talab qiladi.
Shu bilan birga, o‘rtacha daromadli (20–21 foizlik) va shartlari egiluvchan bo‘lgan omonatlar soni ortib bormoqda. Bunday turdagi omonatlar hisobiga qo‘shimcha mablag‘ qo‘shish, ayrim hollarda esa qisman yechib olish mumkin, bu esa kengroq mijozlar uchun qulaylik yaratadi.
Omonat ochish uchun minimal kirish summasi 10 ming so‘mdan boshlanadi, ammo ko‘pchilik banklar 500 ming–1 mln so‘m orasida talab qiladi. Eng yuqori kiritish chegarasi Tenge Bankda — 10 mln so‘m.
Muddatidan oldin omonatni yopishda foizlar muddatga qarab qayta hisoblanadi va ortiqcha to‘langan miqdor asosiy summadan chegirib qolinadi. Shu bois, mijozlar shartlarni oldindan to‘liq o‘rganib chiqishi tavsiya etiladi.
* — omonatlar stavkasi onlayn yoki oflan ochilishiga qarab farqlanishi mumkin.
** — bankning mobil ilovasi orqali ochilganda +2 foiz qo‘shiladi.
*** — omonatni to‘ldirish yoki pul yechish rad etilgan holatlarda stavkaga 2 foiz qo‘shiladi.
|
Bank |
Stavka | Min. Сумма (so‘m) | Muddat | To‘ldirish |
Yechish |
| «POYTAXT BANK» |
23 foiz |
1 mln | 24 oy | - |
- |
| ANORBANK |
23 foiz |
500 ming | 24 oy | Dastlabki 12 oy |
500 ming qoldik bilan |
| ASIA ALLIANCE BANK |
22 foiz |
1 mln | 24 oy | - |
- |
| Infin Bank |
22 foiz |
1 mln | 24 oy | Dastlabki 12 oy |
1 mln |
| Universal Bank |
22 foiz |
500 ming | 22 oy | Minimum 500 ming |
- |
| «Ipoteka-bank» |
21 – 22 foiz* |
500 ming | 24 oy | Dastlabki 3 oy |
- |
| TBC BANK |
20 – 22 foiz*** |
100 ming | do 24 oy | - |
- |
| «Davr bank» |
21 foiz |
100 ming | do 60 oy | + |
+ |
| «Turonbank» |
21 foiz |
100 ming | 18 oy | + |
+ |
| «AloqaBank» |
21 foiz |
1 mln | 18 oy | - |
- |
| «Trastbank» |
21 foiz |
500 ming | 24 oy | Dastlabki 12 oy |
500 ming qoldiq bilan |
| «O‘zsanoatqurilishbank» |
21 foiz |
100 ming | 13 oy | - |
- |
| «Agrobank» |
21 foiz |
500 ming | 13 oy | Minimum 500 ming |
500 ming qoldiq bilan |
| «Asakabank» |
19−21 foiz** |
100 ming | 24 oy | + |
- |
| NBU |
20−21 foiz* |
500 ming | 6 oy | + |
- |
| «Biznesni rivojlantirish banki» |
20− 21 foiz* |
500 ming | 13 oy | + |
+ |
| «Mikrokreditbank» |
20−21 foiz* |
3 mln | do 24 oy | + |
3 mln qoldiq bilan |
| «Kapitalbank» |
20 foiz |
100 ming | 25 oy | + |
- |
| Garant Bank |
20 foiz |
10 ming | 555 oy | Dastlabki 333 kun |
- |
| HamkorBank |
20 foiz |
500 ming | 13 oy | + |
+ |
| «Ipak Yo‘li» |
20 foiz |
1 mln | 24 oy | - |
- |
| Tenge Bank |
19 foiz |
10 mln | 12 oy | - |
- |
| Xalq Bank |
19 foiz |
100 ming | 24 oy | + |
- |
| Orient Finans Bank |
17−18 foiz* |
1 mln | 13 oy | - |
- |
P.S. Maqolada ko‘rsatilgan ma’lumotlar maqola e’lon qilingan vaqt uchun taalluqli va tanishtiruvchi xarakterga ega. Ma’lumotlarni banklardan aniqlashtirib olish tavsiya qilinadi.





