Logo

2026-yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti 8,1 foizga o‘sishi kutilmoqda

Kecha 08:552 daqiqa

Yangilangan prognoz oldingiga qaraganda 1,5 foizga yuqori bo‘ldi. Aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot 2029-yilga borib 6203 dollargacha yetishi mumkin.

2026-yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti 8,1 foizga o‘sishi kutilmoqda © kapital.kz

2026-yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti hajmi o‘tga yilga nisbatan qariyb 8,1 foizga o‘sishi kutilmoqda. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligining yangilangan Fiskal strategiyasida keltirilgan.

Oldin e’lon qilingan kutilmalarda 1,97 kvadrillion so‘m bo‘lishi aytilgan YIM hajmi 2027–2029-yillarga mo‘ljallangan ushbu hujjatda qariyb 2,2 kvadrillion so‘mga borishi taxmin qilinmoqda. Buning ortidan iqtisodiy o‘sish 8,1 foizgacha oshishi mumkin. XVJning joriy yil aprel oyidagi hisobotiga ko‘ra, geosiyosiy keskinliklar va ularning global bozorlarga ta’siri xalqaro savdo tizimini qayta shakllantirib, jahon iqtisodiyotida noaniqlikni kuchaytirmoqda. Buning oqibatida jahon iqtisodiyotining o‘sishi 2026-yil yakuni bo‘yicha 2025-yilgi 3,4 foizdan 3,1 foizgacha pasayishi hamda 2027-yilda 3,2 foizni tashkil etishi prognoz qilingan.

Shuningdek, jahon energiya ta’minotidagi tebranishlar natijasida inflatsiya bosimining kuchayishi sababli 2026-yilda global inflatsiya 2025-yilgi 4,1 foizdan 4,4 foizgacha oshishi kutilmoqda.

1


Qayd etilishicha, iqtisodiyot tarmoqlari kesimida bozor xizmatlari (xususan, aloqa va axborotlashtirish, moliyaviy, transport hamda yashash va ovqatlanish) va sanoat (xususan, metallurgiya, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, to‘qimachilik hamda avtomobilsozlik) asosiy drayverlar bo‘lishi prognoz qilingan.

Hujjatda yozilishicha, iqtisodiy o‘sish 2027-yilda 6,9 foiz, 2028-yilda 7,1 foiz, 2029-yilda 7,4 foizni tashkil etishi prognoz qilinmoqda. Yalpi ichki mahsulot esa 2027-yilgi 5106 dollardan 2029-yilga borib 6203 dollargacha oshishi mumkin.

2


Shuningdek asosiy savdo hamkorlari iqtisodiyotida o‘sish sur’atlarining barqaror, biroq cheklangan darajada shakllanishi O‘zbekistonning eksport, pul o‘tkazmalari va investitsiya oqimlari uchun bazaviy tashqi talab muhitini belgilamoqda. Xususan, XVJ prognozlariga ko‘ra, o‘rta muddatda Rossiyada iqtisodiy o‘sish sur’atlari 1 foiz atrofida saqlanishi, Xitoyda esa iqtisodiy o‘sish 2026-yildagi 4,4 foizdan 2029-yilda 3,7 foizgacha bosqichma-bosqich sekinlashishi kutilmoqda.

3


Shu bilan birga, Qozog‘istonda iqtisodiy o‘sish 3,5-4,5 foiz, Qirg‘izistonda 5,5-6 foiz atrofida shakllanib sekinlashuvchi tendensiyada bo‘lishi prognoz qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston YIM 35 yil ichida qariyb 5 barobarga o‘sgani haqida yozgan edik.

Teglar

Mavzuga oid