add

2030 yilgacha 3 ta bankda islomiy moliya xizmatlari yo‘lga qo‘yiladi

05.01.2026 | 14:351 daqiqa

O‘zbekiston bank tizimida islomiy moliyani bosqichma-bosqich joriy etishni rejalashtirmoqda.

2030 yilgacha 3 ta bankda islomiy moliya xizmatlari yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekiston 2030 yilga qadar uchta tijorat bankida islomiy moliya xizmatlarini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Bu tashabbus jamoatchilik muhokamasi uchun taqdim etilgan «O‘zbekiston-2030» yangi strategiyasida aks etgan bo‘lib, moliya bozorini diversifikatsiya qilish va aholi hamda biznes uchun muqobil moliyaviy instrumentlarni kengaytirishga qaratilgan.

Strategiyada islomiy moliya tizimi uchun zarur bo‘lgan huquqiy asoslarni yaratish ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan. Qonunchilik bazasining shakllantirilishi bank tizimida shariat tamoyillariga muvofiq moliyaviy mahsulot va xizmatlarni joriy etish imkonini beradi.

Hujjatga ko‘ra, islomiy moliya xizmatlarini taqdim etuvchi birinchi tijorat banki 2027 yilda faoliyat boshlaydi. Keyingi bank 2029 yilda ishga tushirilishi, uchinchi bank esa 2030 yilda bozorga kirib kelishi rejalashtirilgan.

Islomiy moliya xizmatlari joriy etilishi mamlakatda investitsiya muhitini yaxshilashi, shuningdek, xalqaro islomiy moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirishi kutilmoqda.

Avvalroq O‘zbekiston beshta davlat bankini xususiylashtirishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid