
23–27 may kunlari sel-suv toshqini xavfi yuzaga kelishi mumkin
23.05.2025 | 12:0012413
O‘zbekistonda 23 maydan 27 maygacha davom etadigan yomg‘irli ob-havo tufayli respublikaning bir qator tog‘li va tog‘oldi hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda «O‘zgidromet» shoshilinch ogohlantirish e’lon qildi.

Sel xavfi yuqori bo‘lgan hududlar:
Qashqadaryo viloyati – Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor;
Surxondaryo viloyati – Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobod;
Samarqand viloyati – Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon;
Jizzax viloyati – Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod;
Toshkent viloyati – Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqori Chirchiq, Angren, Olmaliq;
Namangan viloyati – Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on;
Farg‘ona viloyati – So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq;
Andijon viloyati – Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat, Xonabod.
«O‘zgidromet» mutasaddilari aholini, sayyohlar va haydovchilarni yuqori xavf hududlarida ehtiyotkor bo‘lishga, ob-havo sharoitini kuzatib borishga chaqirmoqda. Yomg‘ir suvlarining to‘planishi va sel oqimlari oqibatida yo‘llarni va uy-joylarni suv bosishi ehtimoli bor.
Toshkent shahar hokimligi ham avvalroq kuchli shamol, simlarning uzilishi, daraxtlar qulashi va havoda chang miqdori oshishiga doir ogohlantirish bilan chiqqandi.





