add

25 yil qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik terrorchi qo‘lga olindi

Bugun 09:5511681 Daqiqa

Chet el maxsus xizmatlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirlar natijasida, xalqaro terrorchilikka aloqador o‘zbekistonlik fuqaro MDH davlatlaridan birida qo‘lga olinib, mamlakatga olib kelindi.

25 yil qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik terrorchi qo‘lga olindi

Davlat xavfsizlik xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, xalqaro terroristik tashkilotlar faoliyatida ishtirok etgan va 25 yildan ortiq vaqt davomida qidiruvda bo‘lgan fuqaro joriy yil noyabr oyida chet elda ushlandi. DXX ta’kidlashicha, mazkur shaxs chet el maxsus xizmatlari bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshirilgan tezkor-qidiruv tadbirlari orqali qo‘lga olingan va rasmiy tarzda O‘zbekistonga qaytarilgan.

Ushbu shaxs diniy ekstremistik g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlab, «hijrat» va «jihod» qilishni maqsad qilgan holda 1999 yilda O‘zbekiston hududini tark etgan. U keyinchalik Afg‘oniston, Pokiston va Suriyadagi xalqaro terroristik guruhlar safida jangovar harakatlarda ishtirok etgani aniqlangan. Terrorchilik faoliyatini davom ettirish uchun u boshqa shaxs nomiga rasmiylashtirilgan soxta hujjatlardan foydalanib, uzoq yillar davomida yashirin holda harakatlangan.

Davlat xavfsizlik xizmati bu shaxs MDHga a’zo mamlakatlardan birida qo‘lga olinganini, unga nisbatan qonun doirasida tegishli choralar ko‘rilganini ma’lum qildi. Ushlangandan so‘ng shaxs O‘zbekistonga olib kelinib, hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining bir qator moddalari bo‘yicha tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Jumladan, tergov materiallari 154-modda (yollanish), 155-modda (terrorizm), 159-modda (konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz) hamda boshqa tegishli moddalarni o‘z ichiga oladi.

Teglar

Mavzuga oid

25 yil qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik terrorchi qo‘lga olindi | Vaqt.uz