add

26 iyun kuni ayrim hududlarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin

25.06.2025 | 16:202642

«O‘zgidromet» ma’lumotiga ko‘ra, 26 iyun kuni O‘zbekiston bo‘ylab ob-havo barqaror bo‘ladi, biroq ba’zi hududlarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

26 iyun kuni ayrim hududlarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin
Toshkent shahrida kunduzgi harorat +31...+33 atrofida bo‘lib, shamol 10-12 m/s tezlikda shamollaydi. Havo biroz bulutli, lekin yomg‘ir kutilmaydi. Ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi ehtimoli bor. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ham havo quruq va bir maromda bo‘lib, harorat kunduzi +28...+33 darajani tashkil etadi. Buxoro, Navoiy, Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida shamol soniyasiga 13-18 metrgacha kuchayishi, ayrim hollarda chang-to‘zon bilan birga kelishi mumkin. Kunduzi harorat +30...+35 darajada bo‘ladi. Qashqadaryo va Surxondaryoda esa shamol ayrim hududlarda soniyasiga 22 metrgacha yetishi mumkin. Harorat  kunduzi +34...+39 daraja atrofida bo‘ladi. Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ham shamol kuchayishi, chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Harorat +30...+35 darajada saqlanadi. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq ehtimoli bor. Harorat kunduzi +21...+26, kechasi esa +12...+17 daraja bo‘lishi kutilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

26 iyun kuni ayrim hududlarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin | Vaqt.uz