add

28 maydan boshlab bir qator viloyatlarda sel xavfi e’lon qilindi

27.05.2025 | 15:1531522

28 maydan 2 iyungacha respublikaning ko‘plab tog‘li va tog‘ oldi hududlarida yomg‘irlar yog‘ishi kutilmoqda. Bu esa sel-suv toshqini kabi tabiiy ofatlar xavfini oshiradi.

28 maydan boshlab bir qator viloyatlarda sel xavfi e’lon qilindi
Gidrometeorologiya xizmati ma’lumotiga ko‘ra, quyidagi viloyat va tumanlarda sel xavfi mavjud: Qashqadaryo: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor Surxondaryo: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrabot Samarqand: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon Navoiy: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana Jizzax: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod Toshkent: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqori Chirchiq; Angren va Olmaliq shaharlari Namangan: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on Farg‘ona: So‘x, Shoximardon, Farg‘ona, Beshariq Andijon: Andijon, Asaka, Jalolquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat; Xonobod shahri Mazkur hududlarda yashovchi aholi, dam oluvchilar va tog‘li yo‘llarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rish so‘ralmoqda. Yomg‘ir suvlari jamlanishi natijasida ayrim hududlarda suv toshishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid

undefined | Vaqt.uz