add

40 ming sayyoh Isroilda qolib ketdi — havo hududi yopildi, chiqish yo‘q

16.06.2025 | 20:3547391

Eron tomonidan amalga oshirilgan raketa hujumlari ortidan Isroil o‘z havo hududini vaqtincha yopdi. Bu holat tufayli taxminan 40 ming xorijiy sayyoh mamlakatda qolib ketgani ma’lum qilindi. Turizm vazirligi ularga alternativ chiqish yo‘llari haqida axborot taqdim etmoqda.

40 ming sayyoh Isroilda qolib ketdi — havo hududi yopildi, chiqish yo‘q
Isroil Turizm vazirligi ma’lum qilishicha, xavfsizlik tufayli mamlakat havo hududi noma’lum muddatga yopilgan. Natijada xorijdan kelgan kamida 40 ming sayyoh mamlakatdan chiqib keta olmayapti. Vazirlik bayonotida qayd etilishicha, Iordaniya va Misr bilan bog‘lovchi quruqlikdagi chegara punktlari hozircha ochiq holda qolmoqda. Shu orqali sayyohlar Isroildan chiqib ketishi mumkinligi ta’kidlangan. Shuningdek, Isroil hukumati xorijdagi 150 mingga yaqin fuqarosini qaytarish uchun “Xavfsiz qaytish” operatsiyasini boshladi.

Teglar

Mavzuga oid

40 ming sayyoh Isroilda qolib ketdi — havo hududi yopildi, chiqish yo‘q | Vaqt.uz