add

49 tadbirkor davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

20.08.2025 | 13:3226745

Prezident Shavkat Mirziyoyev an’anaga muvofiq 49 nafar tadbirkorlarni davlat mukofotlari bilan, 112 nafari «Faol tadbirkor» ko‘krak nishoni bilan taqdirladi.

49 tadbirkor davlat mukofotlari bilan taqdirlandi
Mukofotlanganlar orasida ilmiy ishlari orqali biznes rivojiga katta hissa qo‘shayotgan olimlar ham bor. Shuningdek, o‘tgan bir yil ichida yana 52 nafar tadbirkor, dehqon, fermer va investorlar orden hamda medallar bilan taqdirlangani qayd etildi.
«Ayniqsa, homiylik qilib bog‘cha va maktab, shifoxonalar qurayotgan, ehtiyojmand oilalarga ko‘maklashayotgan, yoshlarni qo‘llab-quvvatlayotgan saxovatpesha tadbirkorlarimiz ko‘payib borayotgani bizni quvontiradi. O‘g‘il-qizlarimizni sportga jalb qilish uchun katta-katta sharoit qilib berayotgan, ularning jahon va qit’a chempionatlari, Olimpiya hamda Paralimpiya o‘yinlari, boshqa nufuzli xalqaro musobaqalarda yuqori cho‘qqilarni zabt etishiga ko‘maklashayotgan biznes vakillari yurtimizning chinakam fidoyilaridir», — dedi Prezident.
Yangi Toshkent tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar maydoni bo‘ladi Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida so‘nggi yillarda 1 mingga yaqin tashabbus qonunchilikda o‘z aksini topgani qayd etildi. Davlat rahbarining ta’kidlashicha, bu o‘zgarishlardan nafaqat tadbirkorlar, balki butun aholi kundalik hayotida foyda ko‘rmoqda.
«Ushbu megaloyiha islohotlarimiz hayotda qanday aks etayotganining yaqqol isboti, yangilanish va taraqqiyot yo‘lidagi dadil qadamlarimizning yorqin timsoli bo‘ladi. Siz tadbirkorlar uchun Yangi Toshkent – yangi imkoniyatlar, yangi g‘oyalar va yangi bozorlar maydoniga, innovatsiyalar va investitsiyalar markaziga aylanadi. 4 Bu yerdagi to‘liq «yashil» texnologiyalarga asoslangan eng zamonaviy infratuzilma sizlarning yangi-yangi g‘oya va tashabbuslaringiz uchun xizmat qiladi. Shuni bilingki, Yangi Toshkent darvozalari biznes qilaman, degan barcha tadbirkorlar uchun hamisha ochiq bo‘ladi», — dedi Prezident.
YATT va o‘zini o‘zi band qilganlar uchun yangi huquqiy rejim joriy etildi Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan ochiq muloqot oldidan 26 ta sohaning 7 mingga yaqin vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazilgani, «koll-markaz» orqali esa 13 mingdan ziyod murojaat kelib tushganini ma’lum qildi. Yangi qarorga ko‘ra, kichik loyihalardan ish boshlagan va tajriba orttirgan yakka tartibdagi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularni kuchli korxona sohiblariga aylantirish uchun 2030 yilgacha maxsus huquqiy rejim joriy etildi. Bu rejim YATT va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga tatbiq etiladi. Endi bunday tadbirkorlar uchun ro‘yxatdan o‘tishdan tortib hisobot topshirishgacha bo‘lgan jarayonlarni yagona raqamli platformalar orqali amalga oshirish imkoniyati yaratiladi. Elektron imzo talab etilmasdan, biometriya va SMS xabarnoma orqali hujjatlarni tasdiqlash mumkin bo‘ladi.

Teglar

Mavzuga oid