add

55 mln dollarlik to‘y. Jeff Bezos to‘yini o‘tkazish uchun butun Venetsiyani ijaraga oldi

27.06.2025 | 22:3043433

Amazon asoschisi Jeff Bezos shu hafta Venetsiyada amerikalik teleboshlovchi Loren Sanches bilan turmush quradi. Mahalliy aholining noroziligiga qaramay, to‘y tantanalari uch kun davom etadi. Mehmonlar oarsida Ivanka Tramp va Kim Kardashyan kabi mashhurlar bor.

55 mln dollarlik to‘y. Jeff Bezos to‘yini o‘tkazish uchun butun Venetsiyani ijaraga oldi

Dunyodagi eng badavlat odamlardan biri — Amazon asoschisi Jeff Bezos teleboshlovchi Lauren Sanchesga uylanish uchun deyarli butun Venetsiyani ijaraga oldi.

Uch kunlik to‘y bugun boshlanmoqda: Marosimda 200 nafarga yaqin taniqli mehmonlar — shou-biznes yulduzlari, siyosatchilar va moliyaviy doira vakillari qatnashmoqda. Ular orasida Ivanka Tramp, Kim Kardashyan, Keti Perri va Leonardo Di Kaprio kabi mashhurlar ham bor. Venetsiya aeroporti 90 ta xususiy samolyotni qabul qilishga tayyorlangan, shahar portlariga esa shaxsiy yaxtalar kelib tushmoqda.

Amazon asoschisi Venetsiyaning deyarli barcha tarixiy saroylarini, muzeylarini va noyob joylarini band qilgan.

Bir haftadan buyon Venetsiya aholisi to‘yga qarshi chiqmoqda. «No Space for Bezos» guruhi to‘yni tanqid qilib, «Bezosga bu shaharda joy yo‘q!» degan bannerlar bilan chiqish qildi. Ularning fikricha, shahar boylar tomonidan ijaraga olinayotgani haqoratli holat hisoblanadi. Faollar Bezosni AQSH prezidenti Donald Trampni qo‘llab-quvvatlagani uchun ham tanqid qilmoqda.

Shahar hokimiyati esa bunday tadbirlar Venetsiya iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlamoqda.

Bezos va Sanches uchun bu ikkinchi nikoh. Ular 2023 yil may oyida rasman turmush qurish niyatida ekanini e’lon qilgan edi. Bezosning Makkenzi Skott bilan avvalgi nikohidan to‘rt nafar farzandi, Sanchesning esa uch farzandi bor.

Teglar

Mavzuga oid