6-mart kuni yomg‘ir yog‘ishi kutilyotgan hududlar ma’lum qilindi

05.03.2026 | 16:352 daqiqa

Ayrim hududlarda 6-mart kuni ham yomg‘ir yog‘ishi mumkin, tog‘li hududlarda sel-suv toshqini hamda qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi.

6-mart kuni yomg‘ir yog‘ishi kutilyotgan hududlar ma’lum qilindi © Javhar Chorshanbiyeva

6-mart kuni O‘zbekistonning bir qator hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘lishi kutilmoqda. Ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, ayrim hududlarda esa tuman kuzatiladi.

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Kechqurun va ertalab yomg‘ir yog‘ishi hamda tuman tushishi mumkin, kunduzi esa yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan sekundiga 3–8 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +4...+6 daraja iliq, kunduzi +11...+13 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Ustyurt hududida qisqa muddatli yomg‘ir yoki qor yog‘ishi mumkin. Ayrim joylarda tuman tushishi ehtimoli bor. Harorat kechasi 0...+5 daraja iliq, kunduzi +9...+14 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi, ba’zi joylarda tuman kuzatilishi mumkin. Shamol g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...+5 daraja iliq, kunduzi +10...+15 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi va tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +5...+10 daraja iliq, kunduzi +15...+20 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi va tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +3...+8 daraja iliq, kunduzi +8...+13 daraja iliq bo‘ladi.

Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi va tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +3...+8 daraja iliq, kunduzi +8...+13 daraja iliq bo‘ladi.

Respublika tog‘ oldi va tog‘li hududlarida esa vaqt-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir va qor) bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi ehtimoli bor. Shuningdek, bu hududlarda sel-suv toshqinlari va qor ko‘chishi xavfi saqlanib qolmoqda.

Teglar

Mavzuga oid