add

6 yildan 10 yilgacha — uy ta’mirlash uchun banklar qanday shartlar bilan kredit bermoqda?

25.07.2025 | 13:4543872

O‘zbekistonda bir qator tijorat banklari uy-joylarni ta’mirlash uchun mo‘ljallangan ipoteka kreditlarini taklif qilmoqda. Bu kreditlar muddati, foiz stavkalari va ajratiladigan miqdorga ko‘ra farq qiladi. Har bir bank o‘zining alohida shartlarini taklif etmoqda.

6 yildan 10 yilgacha — uy ta’mirlash uchun banklar qanday shartlar bilan kredit bermoqda?
O‘yini ta’mirlash yoki qayta jihozlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun bir necha banklar ipoteka kreditlarini taklif qilmoqda. Mazkur kreditlar bo‘yicha shartlar banklarga qarab farq qiladi, biroq ularning umumiy maqsadi – aholiga uy-joylarini yangilash imkonini yaratishdir. Asakabank, Agrobank va Turonbank 10 yilgacha muddatli, 170 mln so‘mgacha kredit taklif qilmoqda. Foiz stavkalari mos ravishda 24,5 foiz va 25 foizni tashkil etadi. Hamkorbank tomonidan taklif etilayotgan kredit 600 mln so‘mgacha bo‘lib, 6 yil muddatga, 26 foiz stavka bilan taqdim etiladi. BRB esa 375 mln so‘mgacha miqdorda, 10 yillik muddatga va 26 foiz stavkada ipoteka beradi. InfinBank 6 yil muddatga 29,99 foiz bilan 187,5 mln so‘mgacha kredit taqdim qilmoqda. O‘zbekiston sanoat-stroitelnыy bank (O‘zSQB) esa 200 mln so‘mgacha kreditni 10 yilgacha muddatda va 32 foizlik stavkada bermoqda. Barcha mazkur ipoteka turlarida boshlang‘ich badal talab etilmasligi ta’kidlanmoqda. Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun har bir bankning koll-markaziga murojaat qilish mumkin.

Teglar

Mavzuga oid