add

678 nafar abituriyent testsiz 189 ballni «naqd» qilgan

11.07.2025 | 20:154573

Ular testsiz holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri tanlov bosqichiga o‘tkazildi. Qiyos uchun, 2024 yilda bunday imkoniyatdan faqat 1 nafar abituriyent foydalangan edi.

678 nafar abituriyent testsiz 189 ballni «naqd» qilgan
2025/2026-o‘quv yili uchun qabul jarayonida 678 nafar abituriyent barcha fanlardan tegishli sertifikatga ega bo‘lgani uchun test sinovlarini topshirishdan ozod etildi. Ular testsiz holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri tanlov bosqichiga o‘tkazildi. Qiyos uchun, 2024 yilda bunday imkoniyatdan faqat 1 nafar abituriyent foydalangan edi. Aslida, bunday abituriyentlar testga kirmasdan 189 ballni «naqd» qilib qo‘lga kiritishi mumkin. Biroq, agar ulardagi milliy sertifikatlar foizli ko‘rinishda bo‘lsa, bu holda beriluvchi ball ham sertifikat foizi bilan mutanosib tarzda hisoblanishi mumkin. Shuningdek, bu yil 85 140 nafar abituriyent umumta’lim fanlaridan, 58 216 nafari esa chet tillaridan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega ekani qayd etilgan. 2024 yilda bu ko‘rsatkichlar mos ravishda 13 180 va 44 834 nafarni tashkil etgan. Mutasaddilar bu jarayonni bilimni rag‘batlantirishga qaratilgan islohot sifatida baholamoqda. Har bir fan bo‘yicha sertifikatga ega bo‘lish abituriyentlarga nafaqat testsiz o‘tish imkoni, balki bilim sifatini tasdiqlovchi hujjatga ham ega bo‘lishni ta’minlaydi.

Teglar

Mavzuga oid