add

8 kiloga yaqin oltinni avtomobil ehtiyot qismlari ichiga yashirib chegaradan o‘tkazmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Bugun 19:58451 daqiqa

Baholash xulosalariga ko‘ra, ushbu oltin quymalarning umumiy qiymati 12 mlrd 465 mln 795 ming so‘mni tashkil etadi.

8 kiloga yaqin oltinni avtomobil ehtiyot qismlari ichiga yashirib chegaradan o‘tkazmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Oltin quymalarning mamlakatimizdan noqonuniy olib chiqilishiga chek qo‘yildi, deb xabar bermoqda DXX axborot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, «Do‘stlik» chegara bojxona posti yaqinida Farg‘ona viloyatida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan T.T. to‘xtatilib, unga tegishli xo‘jalik qopi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan.

Natijada, qop ichidagi 3 dona temir qoplamali avtomobil ehtiyot qismlari maxsus vositalar yordamida bo‘laklarga ajratilganda, ularning ichiga jami 7 kg 784 g oltin bo‘laklari yashirilganligi ma’lum bo‘lgan.

Baholash xulosasiga ko‘ra, ushbu oltin quymalarning umumiy qiymati 12 mlrd 465 mln 795 ming so‘mni tashkil etadi.

Aniqlanishicha, mazkur fuqaro Toshkent shahridan yuborilgan oltinlarni Qirg‘iz Respublikasida qabul qilib oladigan shaxsga yuk avtotransport vositalari haydovchilari orqali bojxona nazoratidan yashirgan holda yetkazishi kerak bo‘lgan.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,182-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Tergov harakatlari doirasida ushbu qimmatbaho metallni haqiqiy egalarining shaxsini aniqlash bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda noqonuniy oltin sotganlar fosh etilgan edi. Ayblanuvchilar qonunga xilof ravishda jami og‘irligi 475 gramni tashkil qilgan 2 bo‘lak oltin quymalarni xaridorga 737 mln so‘mga sotishga kelishib, oldindan 500 mln so‘m olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Teglar

Mavzuga oid