add

80 million yil oldin yashagan dinozavrning yangi turi aniqlandi

12.06.2025 | 15:0049263

Kanadalik olimlar kichik tiranozavr qoldiqlarini o‘rgandi.

80 million yil oldin yashagan dinozavrning yangi turi aniqlandi
Kanadalik paleontologlar tomonidan 80 million yil avval yashagan dinozavrning yangi turi aniqlandi. Bu haqda ABC telekanali ma’lumot berdi. Khankhuuluu mongoliensis deb nomlangan ushbu tur tiranozavrlar oilasiga mansub bo‘lib, og‘irligi taxminan 770 kilogramm, uzunligi esa 4 metrgacha yetishi mumkin. Olimlar bu turni kichik tuzilishli tiranozavr deb baholamoqda. Ma’lum bo‘lishicha, 1970 yillarda Mo‘g‘ulistonning Gobi cho‘lida ushbu turga tegishli bo‘lishi mumkin bo‘lgan ikki chastichali skelet topilgan. Ammo o‘sha paytda bu qoldiqlar boshqa turga mansub deb hisoblangan va tadqiqotlar to‘xtatilgan. Faqat 2023 yilda qayta o‘rganish boshlangan. Kalgari universiteti dotsentining ta’kidlashicha, yangi topilma tiranozavrlar evolyutsiyasi va kech bo‘r davrida ularning tarqalish jarayonlarini yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Unga ko‘ra, ushbu tur qit’alardagi biologik aloqalar va o‘sha davrdagi muhit sharoitlari haqida ham ma’lumot beradi. Bu kashfiyot paleontologiya sohasidagi muhim ilmiy yutuqlardan biri sifatida baholanmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

80 million yil oldin yashagan dinozavrning yangi turi aniqlandi | Vaqt.uz