
9 oy mobaynida Toshkent shahrida qariyb 72 trln so‘m investitsiya o‘zlashtirildi
Milliy statistika qo‘mitasi yanvar–sentyabr oylarida hududlarda o‘zlashtirilgan investitsiyalar bo‘yicha ma’lumot berdi.

Avvalroq 2025 yilning 9 oyi mobaynida asosiy kapitalga 443,6 trln so‘m investitsiya o‘zlashtirilgani haqida xabar bergan edik.
Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, hududlar kesimida eng ko‘p investitsiya 71,8 trln so‘m bilan Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri keldi.
Shuningdek, Toshkent viloyati 63,6 trln so‘m bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Keyingi o‘rinlarda Namangan (51,4 trln so‘m), Navoiy (32,7 trln so‘m), Buxoro (29,1 trln so‘m) va Qashqadaryo (28,9 trln so‘m) viloyatlari joy olgan. Samarqandda bu ko‘rsatkich 28,3 trln so‘mni tashkil etgan.
Bundan tashqari, Andijon viloyatida 26,6 trln so‘m, Farg‘ona viloyatida 25,7 trln so‘m va Jizzax viloyatida 18,7 trln so‘mlik investitsiyalar o‘zlashtirilgan. Xorazm, Qoraqalpog‘iston va Surxondaryo hududlari bo‘yicha esa ko‘rsatkich 17 trln so‘m atrofida qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2025 yilning yanvar–sentyabr oylarida O‘zbekistonda 24,9 mlrd dollarlik xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirilgan bo‘lib, ularning qariyb 40 foizi Xitoy hissasiga to‘g‘ri kelgan.





