add

Abduqodir Husanov uchun Manchester derbisida yangi sahifa ochilishi mumkin

09.07.2025 | 08:4542262

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va «Manchester Siti» klubi himoyachisi Abduqodir Husanov faoliyatini «Manchester Yunayted»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda «Scout in Eurasia» xabar tarqatdi.

Abduqodir Husanov uchun Manchester derbisida yangi sahifa ochilishi mumkin
Ma’lumotlarga ko‘ra, Husanov «Siti»da yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti. Shu sababli, u ijara asosida boshqa klubga o‘tishi ehtimoldan xoli emas. «Qizil iblislar» skautlari hozirda futbolchining atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Manchester klubi yangi mavsum arafasida himoya chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirgan va bu borada Husanov asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rilmoqda. Abduqodir Husanov joriy yilning yanvar oyida «Manchester Siti» tarkibiga qo‘shilgan edi. So‘nggi uch oy ichida u jamoa safida atigi bir uchrashuvda maydonga tushgan. Husanov bunga qadar klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan ilk o‘zbekistonlik futbolchi sifatida tarixga kirgan edi.

Teglar

Mavzuga oid