add

Aeroportga ishga kiritishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi

01.08.2025 | 09:4021332

Toshkentda Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroport qo‘riqlash bo‘linmasi nazoratchisi lavozimiga ishga kiritishni va’da qilib pul olgan shaxs ushlandi. U mansabdor tanishlari orqali yordam berishini aytgan va evaziga 500 AQSH dollari talab qilgan.

Aeroportga ishga kiritishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi
Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar qo‘mitalari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushbu shaxs firibgarlik yo‘li bilan talab qilingan pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan. Dastlabki surishtiruv natijasida, u aeroportda ishga joylashtirish uchun o‘nga yaqin fuqarodan 500–1000 AQSH dollari miqdorida pul olganini tan oldi. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi va 28, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar bu shaxsdan jabr ko‘rgan boshqa fuqarolarni aniqlash ishlarini davom ettirmoqda.

Teglar

Mavzuga oid