add

AEXA: Eronning yadroviy dasturdan maqsadi tinch atom emas

Atom energetikasi bo‘yicha xalqaro agentlik (AEXA) ekspertlari Eron yadroviy dasturida tinch maqsadlarga xos bo‘lmagan harakatlarni aniqladi. Ularga ko‘ra, Eron yadroviy faoliyati atrofidagi savollarga javob bermasdan, tekshiruvga to‘sqinlik qilyapti.

AEXA: Eronning yadroviy dasturdan maqsadi tinch atom emas
Tashkilot xulosasiga ko‘ra, Eronning qator yadroviy faoliyatlari hamon shaffof emas va Tehron agentlikning talablariga to‘liq javob bermayapti. AEXAning bildirishicha, Eron yadroviy faoliyatda qo‘llanilayotgan markazlarni va undagi materiallarni qayta tekshirish imkonini cheklamoqda. Tashkilot mutaxassislari bir necha oydan buyon ma’lum ob’ektlardagi faoliyat haqida aniq ma’lumotga ega bo‘la olmayapti. Bu esa agentlikka ko‘ra Eron yadroviy dasturining tinchlikka emas, ehtimoliy harbiy maqsadlarga qaratilgan bo‘lishi ehtimolini oshiradi. Shu bilan birga AEXA Eron hududida topilgan bir qancha yadroviy materiallar manbasini aniqlay olmayapti. Bu materiallar Eron tomonidan bildirilgan ob’ektlar bilan bog‘liq emasligi xavotir uyg‘otgan. Agentlik bu masalani tezda aniqlash va qonuniylashtirish zarurligini ta’kidladi. Eron rasmiylari esa o‘z navbatida dastur to‘liq tinch maqsadga yo‘naltirilganini aytib kelmoqda. Ammo xalqaro hamjamiyat va AEXA bu bayonotlarga ishonmasdan kuzatuv va tekshiruvlar imkoniyatini qayta tiklashni talab qilmoqda.  

Teglar

Mavzuga oid

AEXA: Eronning yadroviy dasturdan maqsadi tinch atom emas | Vaqt.uz