add

Afrikada 205 mingta vabo holati qayd etilgan

09.08.2025 | 14:4044193

Afrikaning 23 davlatida vabo tarqalishi davom etmoqda. Yomg‘ir mavsumi infeksiya xavfini yanada kuchaytirayotgani aytiladi.

Afrikada 205 mingta vabo holati qayd etilgan
Joriy yil boshidan buyon Afrikada 205 mingga yaqin vabo holati aniqlandi, o‘lim darajasi esa o‘rtacha 2,1 foizga yetdi. Afrika Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi (Africa CDC) vakili Ngashi Ngongo ma’lum qilishicha, o‘tgan yil bu ko‘rsatkich 1,9 foizni tashkil etgan, ammo ayrim hududlarda mahalliy sharoit sabab o‘lim darajasi ancha yuqori bo‘lishi mumkin. Vabo asosan toza ichimlik suvi yo‘qligi va sanitariya sharoiti yomon bo‘lgan joylarda tarqalmoqda. Kasallikning asosiy o‘lim sababi suvsizlanish ekani qayd etilmoqda. Tibbiy yordam va toza suv yetarli bo‘lmagan hududlarda kasallik tez yoyiladi. BMTning Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF) ma’lumoticha, G‘arbiy va Markaziy Afrikada yomg‘irlar mavsumida 80 mingdan ortiq bola yuqish xavfi ostida qolgan. Sababi — kuchli yomg‘irlar hojatxonalardan chiqindilarni quduqlar va daryolarga olib ketib, ichimlik suvi manbalarini ifloslaydi. Mutaxassislar vaboga qarshi kurashda tezkor sanitariya choralari, toza suv ta’minotini yaxshilash va aholini xabardor qilishni eng samarali yo‘llar sifatida ko‘rsatmoqda.

Teglar

Mavzuga oid