add

«Afrosiyob» tezyurar poyezdlarida Wi-Fi ishlay boshladi

19.08.2025 | 15:0021922

Tezyurar poyezdlarda internetdan foydalanish imkoni yaratish maqsadida vagonlarga maxsus uskunalar o‘rnatilgan.

«Afrosiyob» tezyurar poyezdlarida Wi-Fi ishlay boshladi
Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatovning ma’lum qilishicha, poyezdlar ichida metall tuzilish sababli tashqaridan signal yaxshi qabul qilinmagan. Shuning uchun har bir vagonga alohida uskunalar o‘rnatilib, Wi-Fi xizmati yo‘lga qo‘yildi. Vazir ta’kidlashicha, yo‘lovchilarga qulay internet xizmatini taqdim etish maqsadida dastlab mavjud poyezdlar maxsus jihozlar bilan ta’minlandi. Bu xizmatdan endi barcha yo‘lovchilar bepul foydalanishi mumkin. Kelgusida xarid qilinadigan yangi «Afrosiyob» poyezdlari esa zavoddanoq zamonaviy telekommunikatsiya vositalari bilan jihozlanishi rejalashtirilmoqda. Bu esa internet xizmatini yanada barqaror va samarali qilib taqdim etish imkonini beradi. Mutasaddilarga ko‘ra, yo‘lovchilar uchun internet xizmatining joriy etilishi yo‘lda vaqtni unumli o‘tkazish, ish va muloqot imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Teglar

Mavzuga oid