add

«Afsuski, men rafiqa topish uchun kelmaganman»: Durov Qozog‘istonga kelish sababini aytdi

02.10.2025 | 19:4028435

U To‘qayev bilan ko‘rishdi, Digital Bridge 2025 xalqaro forumida nutq so‘zladi.

«Afsuski, men rafiqa topish uchun kelmaganman»: Durov Qozog‘istonga kelish sababini aytdi
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Ostonada Telegram asoschisi Pavel Durovni qabul qildi. Bu haqda Oqo‘rda xabar berdi. Uchrashuv Pavel Durov ishtirok etgan Digital Bridge 2025 xalqaro forumi doirasida bo‘lib o‘tgan. Durov Suhbat davomida ta’lim, sun’iy intellekt va kiberhavfsizlik sohalaridagi hamkorlik masalalari muhokama qilingan. «Prezident Telegramning mamlakatimiz raqamli kun tartibini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash borasidagi faoliyatini yuqori baholadi. Kompaniya rasman Astana Hub ishtirokchisiga aylandi, Qozog‘istonda o‘z ofisini ochdi va AIem.Ai markazida sun’iy intellekt laboratoriyalarini ishga tushirdi»,- deyiladi Oqo‘rda xabarida. O‘z navbatida, Pavel Durov Qosim-Jo‘mart To‘qayevga sun’iy intellekt sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari haqida so‘zlab bergan. Pavel Durov Ostonada chiqishini turmush o‘rtoq izlash haqidagi hazil bilan boshladi Devushka durova «VKontakte» ijtimoiy tarmog‘i va Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov Ostonada bo‘lib o‘tgan Digital Bridge 2025 xalqaro forumidagi nutqini o‘ziga rafiqa izlashi haqidagi hazil bilan boshladi. «Sevimli mamlakatlarimdan biri - Qozog‘istonga qaytish doimo mamnuniyat bag‘ishlaydi. Bu o‘ziga xos joy. U texnologiyalar, an’analar, ta’lim va oilaviy qadriyatlarni uyg‘unlashtiradi. AQSHlik do‘stlarimdan biri, juda muvaffaqiyatli inson, menga Qozog‘istondan rafiqa topishim kerakligini maslahat berdi. Juda ko‘p muvaffaqiyatli odamlar menga Qozog‘istonga kelib o‘ziga juft topishni rejalashtirganlarini aytishgan. Afsuski, men bu yerga bu maqsadda kelmaganman. Men sun’iy intellekt haqida suhbatlashish uchun keldim», - dedi Telegram asoschisi. To‘qayev Alem.ai ochilishini e’lon qildi 2 oktyabr kuni prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev Digital Bridge 2025 tadbirida so‘zlagan nutqida g‘oyalar va innovatsiyalar markazi deb atash mumkin bo‘lgan Alem.ai loyihasining ochilishini ma’lum qildi. Shuningdek, forum davomida prezident sun’iy intellektdan faqat tinchlik maqsadlarida foydalanish lozimligini va Qozog‘istonning vazifasi yangi texnologiyalarni insoniyat farovonligi yo‘lida yo‘naltirish, ularni taraqqiyot va hamkorlikning asosiy omiliga aylantirishdan iborat ekanligini ta’kidladi.

Teglar

Mavzuga oid